Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar - rasmi

Material tavsifi

Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 13-mavzu Web-brauzerlar Internetning WW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni ta'minlash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Webbrauzer 1990yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, nomi World Wide Web bo'lgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar: Hozirgi kungacha juda ko'p Webbrauzerlar ishlab chiqarilgan. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz. Webbrauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Websahifalarni xotiraga yuklash va ko'rsatish; Websahifani diskka yozib qo'yish (saqlash); WWdagi manzili bo'yicha Websahifani chaqirish. Internet Explorer dasturi interfeysi Internet Explorer dasturi Пуск menyusi tarkibidagi Windows ish stoli yoki Masalalar paneliga joylashtirilgan yorlig'i orqali ishga tushiriladi. Fayl menyusi orqali, asosan, Websahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o'z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo'yish, Websahifani qog'ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi. Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin. Ko'rinish menyusi tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko'rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, manzillar satri, holat satrini ekrandan olib qo'yish yoki joyiga qaytarib qo'yish, shrift o'lchami va kodlash usulini o'zgartirish) amallar kiradi. Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida o'zingizga yoqqan yoki ko'p foydalanadigan websahifalarni saqlab qo'yish, ularga yangi larini qo'shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin. Ma'lumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin. Internet Explorer dasturining uskunalar paneli Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba'zilari kam qo'llanilsa, ba'zilari tez-tez qo'llaniladi. Ko'p qo'llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo'lib, har bir tugma ma'lum amalni bajaradi. Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo'lib, oson o'zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida Internet tarmog'idagi websahifa ochiladi va zarur bo'lsa, qog'ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo'yiladi. Internet tarmog'idagi websahifani ochish uchun Internet Explorerning manzillar satriga kerakli websahifa manzilini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya. Websahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Websahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko'rinib boradi. Ma'lumotlar oynasidagi websahifani qog'ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi «chop etish» tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan websahifalarni «Tanlangan» papkasiga qo'shib qo'yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi «tanlangan» tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan «Tanlangan» oynasidagi «Qo'shish…» (Дабавить) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.87 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.87 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga