Internetda ma'lumotlarni izlash

Internetda ma'lumotlarni izlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda ma'lumotlarni izlash - rasmi

Material tavsifi

Internetda ma'lumotlarni izlash 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 14-mavzu Qidiruv tizimlari Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab websahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Websahifani topish uchun uning Internetdagi manzilini bilish zarur. Internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan websahifalar manzillari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Shuning dek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport, Yahoolarni kel tirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog'ida o'z manziliga ega. O'zbekistonda ham WW.o'z milliy axborotqidiruv tizimi 2006yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi. UZINFOCOM Qidiruv tizimida ishlash Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili - ww.uzuz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun ww.uzru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz. Mazkur interfeys Opera webbrauzerida quyidagi ko'rinishda aks etadi: Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bo'yicha maqola, o'yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo'lishi mumkin. Milliy qidiruv tizimi qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo'shilgan saytlar ichidagi ma'lumotlarni uning nomi va tavsifi bo'yicha izlash imkonini beradi. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha foydalanuvchilar orasida mashhurlaridan biri Google qidiruv tizimi bo'lib, u juda ko'p tillarda izlash imkonini beradi. Bu qidiruv tizimini ishga tushirish uchun webbrauzer manzillar satriga «google.o'z» so'zini yozish va Enter klavishini bosish kifoya. Natijada qidiruv tizimining interfeysi aks etadi: Bu qidiruv tizimining qidiruv satriga «webbrauzerlar» kalit so'zi kiritilsa, quyidagi ko'rinishda izlash natijalari aks etadi: Ba'zi qidiruv tizimlari izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo'yicha izlash imkoniyatini beradi. Mavzular nomi turlicha bo'lishi mumkin. Tavsiya etilgan mazvu tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo'limga tegishli hujjatlari ichidan izlanadi. Savol va topshiriqlar: 1. Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni bilish kerak? 2. Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so'zlab bering. 3. Qanday qidiruv tizimlari manzilini bilasiz? 4. Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak? 5. Axborot qidiruv tizimi yordamida O'zbekiston davlati haqida ma'lumot topish jarayonini izohlang. 6. Axborot qidiruv tizimi yordamida Internetdan sportga oid yangiliklarni topish jarayonini izohlang. 7. Internetdan kompyuterlarga oid yangiliklarni topish jarayonini izohlang. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.86 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.86 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga