Internetda tez muloqot qilish imkoniyatlari

Internetda tez muloqot qilish imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda tez muloqot qilish imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Internetda tez muloqot qilish imkoniyatlari Reja: Chat yordamida muloqot Veb-blog Forum orqali muloqot Videokonferensiya Internet telefoniya Internet tez muloqot uchun imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyat quyidagi muloqot dasturlari yordamida amalga oshiriladi: Chat Veb-blog Veb-sahifa Forumda muloqot qilish tartibi Videokonferensiya Internet telefoniya Quyida ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishamiz. Chat yordamida muloqot Chat bu maxsus dastur bo'lib, uning yordamida foydalanuvchilar bir paytning o'zida o'zaro muloqot qilishi mumkin. Chat so'zi ingliz tilida gaplashish (suhbatlashish) manosini anglatadi. Bazan chat xonasi deb ham ataladi. Chatlashaylik degani keling, chat xonasida suhbatlashaylik manosini bildiradi. Odatda, chatda bir necha kishi muloqot qiladi. Ikki kishi muloqot ham qilishi mumkin. Lekin buning uchun boshqa qulayroq imkoniyatlar mavjud. Chatda muloqot tezroq amalga oshiriladi. Chatda muloqot qisqa matnlar yordamida amalga oshiriladi. Chat tizimi 1980 yilda yaratilgan. Ushbu tizim 1988 yilda Internet Relay Chat (IRC) protokoli yaratilgandan so'ng mashhur bo'lgan va chat deb atala boshlangan. Uning yordamida muloqot qilish oddiy va do'stona bo'lganligi uchun foydalanuvchilar etiborini o'ziga qaratdi. 1991 yildan IRC yordamida xabarlarni tezda yig'ish va tarqatish uchun ham foydalanila boshlandi. Keyinchalik Jabber, SIP kabi protokollar yaratildi. Lekin IRC tizimi mukammalligi bilan asosan yoshlarning etiborini jalb etmoqda. Muloqot chat xonasida amalga oshiriladi. Chatda xabar klaviatura yordamida kiritiladi. Chat yordamida ish borasidagi savol, natijalar, muammolar kabilarni muhokama qilish mumkin. Chat muhokamasini xotirada saqlash mumkin. Bu juda qulay. Chunki muloqotdagi tavsiyalarni ixtiyoriy paytda yana o'qish mumkin bo'ladi. Chat bilan ishlash tartibi quyidagicha: Chat dasturini ishga tushiring. unda o'zingizni qayd qiling. Odatda har bir foydalanuvchi o'z ismi (nik)ga ega. nik sifatida ismingizni yoki ixtiyoriy nomni kiritish mumkin. Masalan, Ekspert yoki Alanga. Chat xonasiga kiring. Buning uchun nik va parolingizni kiriting. Chat xonasida qisqacha matn kiriting. Masalan, chatdagilar bilan salomlashing. Xabar satrida xabaringizni yoki savolingizni kiriting. Masalan, rejalashtirilgan yig'ilish haqidagi ma'lumotni kiriting. Chat xonasida xabarlarni barchaga yoki aynan biror ishtirokchiga yozish mumkin. Muloqot tugagandan so'ng chat xonasidan chiqing. Buning uchun Vixod tugmachasini bosish etarli. Topshiriq: Internetda qidiruv tizimi yordamida chatlar ro'yxatini toping. Ulardan birini tanlang va unda muloqot qilib ko'ring. Muloqotingiz qiziqarli bo'lishiga aminmiz. Veb-blog Veb-blog ingliz tilida internet kundalik manosini anglatadi va u blog deb ataladi. Blog bu veb-sahifa bo'lib, uning mazmuni doimiy ravishda, matn, rasm va video ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Blog jamoaga mo'ljallangan qisqa yangilik, fikr va mulohazalardan iborat bo'ladi. Blogda muallif kabi foydalanuvchilar ham o'z fikr va munosabatlarini yozishi mumkin, yani blog tarmoqda muloqot muhitini yaratadi. Blog muallifi blogger deb ataladi. Birinchi blog 1992 yili yangiliklarni yoritish uchun yaratilgan. 199 yilda esa bloglar haqidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 631.45 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 631.45 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga