Internetdan foydalanish va uni o'rnatish tartiblari

Internetdan foydalanish va uni o'rnatish tartiblari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetdan foydalanish va uni o'rnatish tartiblari - rasmi

Material tavsifi

Internetdan foydalanish va uni o'rnatish tartiblari Reja: Ishlash tartibi Ulanish usullari Ofisga Internetni qanday xarid qilish zarur? Ofisga Internetni o'rnatish tartiblari Provayderni tanlash bo'yicha tavsiyalar Internet tavsifi bilan tanishdik. Sizda ushbu axborot olami qanday ishlaydi degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Endi uning ishlash tartibi bilan tanishaylik. jahon axborot tarmog'iga ulangan kompyuter yordamida Internetga ulanish mumkin. Agar kompyuteringiz mahalliy tarmoqda bo'lsa, unda mahalliy tarmoqdagi barcha kompyuterlar Internetga ulanishi mumkin. Bunda Internet mahalliy tarmoqdagi barcha kompyuterlarga taqsimlangan bo'lishi shart. Internetga ulangan kompyuter server deb ataladi. Internet yagona standart asosida ishlovchi kompyuterlar tarmog'idir. ushbu standart asosida tarmoqdagi kompyuterlar o'zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatiga ega bo'ladi. ushbu imkoniyat yordamida tarmoq sizni jahon axborot olami bilan bog'laydi. Axborot olami hujjatlar, bilimlar, yangiliklar va hisobotlarni o'z ichiga oladi. ular matn, jadval, grafik, rasm, audio, video va yoki animatsiya shaklida bo'lishi mumkin. Aynan bir paytning o'zida turli kompyuterlarda joylashgan ma'lumotlarni o'qish, eshitish va ko'rish mumkin. Odatda, bu ma'lumotlar giperko'rsatmalar yordamida o'zaro ulangan bo'ladi. Quyida Internetga oid bazi atamalar tavsifini keltiramiz: IP - Internet tarmog'idagi kompyuter manzili. u Internet Protokol so'zining qisqartirilgan ko'rinishidir. Internetdagi har bir kompyuter o'z IR-manziliga ega bo'ladi. Agar kompyuter Internetga doimiy ulangan bo'lsa, u o'zgarmas IR- manzilga ega bo'ladi. Masalan, 142.26.137.07. Agar vaqtincha ulangan bo'lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik yoki o'zgaruvchan IR-manzilga ega bo'ladi. Masalan, 142.26.137.07.02 -o'zgaruvchan IR-manzil. Bunda oxirgi 2 raqam o'zgaruvchan bo'ladi. Protokol bu kompyuterlar o'rtasida aloqa o'rnatilishida, ma'lumotlarni qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan standartdir. Kompyuterlar protokol yordamida o'zaro bog'lanadi. Protokol to'g'ri bo'lsagina, kompyuterlar o'rtasida aloqa o'rnatiladi. Odatda, axborot TCP (Transfer Control Protocol) uzatuvchi paketlar yordamida uzatiladi. Har bir TCP jo'natuvchi va qabul qiluvchi IP-manzillarga ega bo'ladi. Aynan shu TCP paketlar tarkibidagi IP-manzillar asosida ma'lumotlar manzilga yuboriladi. Mijoz kompyuterida TCP paketlar yordamida ma'lumot hujjatga yig'iladi. Server - Boshqa kompyuter yoki dasturlarga o'zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter server hisoblanadi. Kompyuter bir nechta serverlarga xizmat qilishi mumkin. Masalan, Internet va elektron pochta serverlari. Mijoz - Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter serverning mijozi bo'lishi (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda, elektron pochta dasturida ishlashi, yani kompyuter bir necha serverning mijozi bo'lishi mumkin. ISP (Internet service provider) - Internet-provayder - bu Internet xizmatini ko'rsatuvchi korxonadir. Odatda, u provayder deb ataladi. URL - Internetda har bir ma'lumot o'zining aynan manziliga ega. Bu manzil URL (ingliz tilida Uniform Resource Locator manosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 676 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 676 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga