Internetga reklamani joylashtirish Reja: Internetga reklamani joylashtirish Reklama bannerining o'lchamlari va joylashgan o'rni Reklama bannerining dizayni Narxlash modellari Internetga reklamani joylashtirish Internet reklamalarini yo'lga qo'yish nisbatan murakkab va ko'p bosqichli jarayon. Buning uchun reklama beruvchi eng birinchi navbatda, o'z veb-sahifasini ishga tushirishi, so'ngra reklamani tayyorlash va qaysi veb-sahifalarga joylashtirishni belgilashda quyidagilarga ahamiyat berishi lozim: Veb-sahifaning ommabopligi; reklama bannerining o'lchamlari va joylashgan o'rni; reklama bannerining dizayni; narxlash modellari. Veb-sahifaning ommabopligi. Reklama beruvchi mavjud mahalliy va horijiy veb-sahifalar, ularga murojaat etuvchilar soni, qaysi yosh va qiziqishdagi foydalanuvchilarga mo'ljallanganligi haqidagi batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. Reklama bannerining o'lchamlari va joylashgan o'rni. Har bir veb-sahifa o'ziga xos dizaynga ega. Shuning uchun ham ularning ba'zilaridagi reklama uchun ajratilgan o'rinlar ikkinchisi bilan bir xil emas. Ammo barcha asosiy sahifalardagi reklama bannerlari maydonlarini shartli ravishda quyidagi umumiy shablon yordamida tasvirlash mumkin (1-rasm). Bunda 1-eng yuqori banner, o'lchamlari 468X60rx (rx-piksel); 2-markaziy banner, uning o'lchamlari turlicha; 3-pastki chap burchakdagi banner 120×600 yoki 160x600rx; 4-eng pastki banner 468x60rx; 5-o'ng tarafdagi markaziy banner 200x200rx. Narxlash modellari Narxlash modellari -bannerlarni joylashtirish narxlari. Internet tarmog'ida reklamalar joylashtirishni narxlashning bir qancha modellari mavjud. Boshqa davlatlar bilan solishtirganda mamlakatimizda Internet reklamalarni ishlab chiqish, yo'lga qo'yish borasida hali bir qancha muammo va kamchiliklar mavjud. Ularning eng asosiylari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: reklama beruvchilarning internet reklamalari to'g'risida yetarli ma'lumotlarga ega emasligi; Internet reklama bozorining yaqindagina vujudga kelgani va hozirgi rivojlanish darajasi past ekanligi; Internet foydalanuvchilar soni nisbatan kamligi, shahardan tashqari foydalanuvchilar Internetga ulanishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi; mamlakatimizda internet marketing va elektron tijorat rivojlanishi nisbatan past darajada ekanligi; Bevosita reklama faoliyati bilan shug'ullanuvchi, maxsus bilim va ko'nikmalarni egallagan mutaxassislarning yetishmasligi. Asosiy adabiyotlar: Бокарев Т. Энциклопедия интернет-рекламы. -М.:Издательство «ПРОМО-РУ», 200 г. Высоткин А. Реклама в Internet: тонкости, советы, примеры и способы работы. М., 199 Гуров В.В. Интернет для бизнеса. М., 1997 ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.58 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.58 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:48 ]
Arxiv ichida: doc