Internetga ulanish usullari. Korporativ ulanish, mobil ulanish, fizik uzatish muhiti

Internetga ulanish usullari. Korporativ ulanish, mobil ulanish, fizik uzatish muhiti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetga ulanish usullari. Korporativ ulanish, mobil ulanish, fizik uzatish muhiti - rasmi

Material tavsifi

Internetga ulanish usullari korporativ ulanish, mobil ulanish fizik uzatish muhiti Reja: 1. Korporativ ulanish 2. Mobil ulanish 3. Telekommunikatsion aloqa liniyalari 4. Kabelli liniyalar 5. OTAL optik tolali kabellari 6. Radiokanallar 1. Korporativ ulanish Korporativ ulanish xususiy va davlat tashkilotlarini Internet tarmog'iga ulash uchun ishlatiladi va oxirgi tizimlarni periferiya marshrutizatorlari bilan bog'laydigan LAN lokal tarmoqlari texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi (6.1-rasmga qarang). Lokal tarmoqlarning ko'plab texnologiyalari mavjud. Eng keng tarqalgan Ethernet texnologiyasida ma'lumotlarni uzatish tezligi o'rama juftlik bo'yicha 10-100 Mbitsni, OTAL bo'yicha 1-10 Gbitsni tashkil etadi. Xost-mashinalarni bog'lanishi uchun muhit sifatida koaksial kabel yoki mis o'rama juftlik, OTAL ishlatilishi mumkin. Periferiya marshrutizatori lokal tarmoqqa nisbatan tashqi muhit bilan ma'lumotlarni almashlashni tashkil etishga imkon beradi, lokal tarmoqlarda uzatish tezligi foydalanuvchilar orasida ajratiladigan resurs hisoblanadi. 1. Ethernet texnologiyasidan foydalanish orqali Tarmoqqa korporativ ulanish. 2. Mobil ulanish Internet tarmog'iga simsiz ulanishning ikkita asosiy vositalari mavjud:  WLAN simsiz lokal tarmoqlari;  olisdan ulanish simsiz tarmoqlari. 6.2-rasmda WLAN simsiz lokal tarmog'i asosidagi mobil ulanishga misol keltirilgan. Bazaviy stansiya simsiz ulanish nuqtasi deyiladi. 2-rasm. WLAN simsiz lokal tarmog'i asosidagi mobil ulanish. WLAN simsiz lokal tarmoq simsiz ulanish nuqtasidan o'nlab metrlarga aloqaning uzoqligini ta'minlaydi. Bazaviy stansiya Internet periferiya marshrutizatori bilan OTAL yordamida to'g'ri bog'lanishga ega bo'ladi. 1-mijoz 2-mijoz 3-mijoz 1-mijoz 2-mijoz 3-mijoz 3-rasm. WLAN 802.11b Wi-Fini tashkil etish usullari. WLAN texnologiyasiga misol 2.4GGts diapazonda 1, 2, 5,5 va 11Mbits tezliklarda ma'lumotlarni uzatilishini ta'minlaydigan 802.11b Wi-Fi (802.11b - Wireless Fidelity) oilasi simsiz tarmoqlar texnologiyalari hisoblanadi. Bu WLAN texnologiyasi o'quv, tijorat, ko'ngil ochar tashkilotlarida, shuningdek uyda foydalanishda ommaviy tarqalgan. 6.3rasmda WLAN 802.11b Wi-Fini tashkil etish usullari keltirilgan. 6.4-rasm WLAN 802.11b Wi-Fi uzatish tezligini ulanish nuqtasi va mobil stansiya orasidagi masofaga bog'liqligini namoyish etadi. Ulanish nuqtasi va mobil stansiya orasidagi masofa (m) 4-rasm. WLAN 802.11b Wi-Fi uzatish tezligini ulanish nuqtasi va mobil stansiya orasidagi masofaga bog'liqligi. Olisdan ulanish simsiz tarmoqlari simsiz ulanish nuqtasidan o'nlab kilometrlarga aloqaning uzoqligini ta'minlaydi. Bu holda bazaviy stansiya xizmatlarni yetkazib beruvchi sotali aloqa provayderi tomonidan boshqariladi. Olisdan ulanish simsiz tarmog'ini 3G sotali aloqa tarmog'i misolida ko'rib chiqamiz. 3G operator tarmog'i radioulanish va Core Network CN tayanch tarmog'iga bo'linadi. 3Gda CN mantiqan paketlar kommutatsiyalanadigan domenga (PS) va kanallar kommutatsiyalanadigan domenlarga (CS) bo'linadi. Paketlar kommutatsiyalanadigan domen xizmatlaridan biri Internetga mobil ulanish hisoblanadigan TCPIP protokollari asosida ma'lumotlarni paketli uzatilishini ta'minlaydi. Paketlar kommutatsiyalanadigan domen tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi: MSC serveri (MSC server yoki MSS), mediashlyuz (Media Gateway, MGW), foydalanuvchining joylashish o'rnini aniqlash registri (VLR), uy registri (HLR), autentifikatsiyalash markazi (AUC) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 327.24 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 327.24 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga