Internetga ulanish usullari

Internetga ulanish usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetga ulanish usullari - rasmi

Material tavsifi

Internetga ulanish usullari Reja: Internetga ulanish usullari va tartiblari Internet da ishlash tartibi IP va URL adreslar tushunchasi Internet da ishlash tartibi Internet da biror sahifani ochib ko'rish uchun uning manzilini maxsus dastur (brauzer) lar yordamida kompyuterga kiritiladi. Sahifani topish uchun dastur axborot resurslarini taqdim etish xizmatini ko'rsatuvchi tashkiloti (provayder) da joylashgan DNS (Domain Name Service) -domen nomlari tizimi xizmatidan foydalanadi. DNS server Web sahifa adresini IP (Internet Protocol - tarmoqlararo protokol) adresiga almashtirib beradi. Har bir Internet dagi sahifa o'z tarmoq adresiga ega va bu adreslarni takrorlanmasligini maxsus tashkilotlar nazorat qilib boradilar. Bu tarmoq adresiga URL (Uniform Resource Locator) adresi deyiladi. URL adresi giperma'lumotning nomi va joylashish katalogi, serveri, domeni va server turini ko'rsatadi. URL adresi bir necha qismdan iborat. Xar bir qismi nuqta bilan ajratiladi va ular domen deb ataladi. Eng so'ngi qismi - yuqori domen (birinchi darajali domen) deb nomlanadi va u asosan mamlakatni bildiradi. Geografik domen nomlari ko'pincha ikki xarfdan iborat bo'ladi. Masalan, o'z - O'zbekiston; us-AQSH; ua - Ukraina; uk-BuyukBritaniya; ru - Rossiya; au-Avstraliya; kr - Koreya; jp-Yaponiya; cn - Xitoy; br-Braziliya; de - Germaniya; it - Italiya va hokoza. Lekin domenlar xamma vaqt xam mamlakatni ko'rsatmasligi mumkin va ular uchta harfdan iborat bo'lib, quyidagicha bo'lishi mumkin: com - tijorat korxonalari, kompaniya yoki firma; net - tarmoq tashkilotlari (tizimlari); org - nodavlat tashkilotlar (korxonalar); int - xalqaro tashkilotlar, korxonalar, gov - davlat muassasalari; mil - harbiy muassasalar; edu - ta'lim muassasalari va hokoza. URL quyidagi formatga ega: . - faylning serverdagi to'liq manzilini bildiradi. Masalan: http:ww.qmii.o'ze-libindex.html; bu yerda - index.html -fayl nomi; - e-lib - katalog; - ww.qmii.o'z - domen, server (kompyuter)ni ko'rsatadi; - http: - ma'lumotlarni almashish protokoli (http - WW tizimida gipermatnlarni uzatish protokoli, ftp - bu FTP protokolida fayllarni uzatish tizimi). Misolda keltirilgan URL ning tarkibiy qismi quyidagicha: axborot resursiga murojat qilishda http: gipermatnlarni uzatish protokolidan foydalanilayapti; ww.qmii.o'ze-libindex.html - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.12 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 101.12 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga