Internetning tarkibiy qismlari va resurslari

Internetning tarkibiy qismlari va resurslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetning tarkibiy qismlari va resurslari - rasmi

Material tavsifi

Internetning tarkibiy qismlari va resurslari haqida umumiy tushunchalar Reja: 1. Internetning tarkibiy qismlari va resurslari 2. IP va URL adreslar tushunchasi 3. Internetning informatsion va kommunikatsion funksiyalari Internet o'z-o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi tizim bo'lib, asosan uchta qismdan tashkil topgan. Texnik Programmaviy Informatsion Internetning texnik tarkibiy kismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq anallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog'ining umumiy faoliyatiga ta'sir etmaydi. Internetning programmaviy ta'minoti tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma'lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta'minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iborat. Internetning informatsion tarkibiy kismi Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko'rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo'ylab, taqsimlanishi mumkin. Masalan. Shaxsiy kompyuteriningizda o'qiyotgan elektron darsligingizning matni manbadan, raqamlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izoxlari esa uchinchi manbadan, videotasvir va izoxlari esa uchinchi manbadan yigilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro moslashuvchan «giperbog'lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuasi ko'rinishida tashkil etishi mumkin ekan. Natijada millionlab o'zaro bog'langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit paydo bo'ladi. 2.3 IP va URL adreslar tushunchasi Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o'zaro o'xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz «bini-ko'plikka» usulda tashkil etgan obyektlar bog'likligina duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo'lgan ixtiyoriy kompyuter ko'plab kompyuterlar bilan bog'langan bo'ladi. Bunday bog'lanish «tarmoq (Net)» deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda elon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqda bir nechta hujjatlar bilan o'zaro bog'lanishi mumkin. Bu holatdagi iformatsion bog'liklik «to'r» (Web) nomini olgan. Shunday qilib, «tarmoq (Net)- haqida so'z yuritilganda o'zaro bog'langan kompyuterlar majmuasi tushinilsa, «to'r»(Web)-haqida so'z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog'lanishlar orqali tashkil topgan tarmog'idagi kompyuterlar bilan virtual har xil adreslar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to'rt qismdan tashkil topgan o'z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. ushbu manzil IP (internet Protocol)-manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo'lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega bo'ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.28 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.28 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga