Intranet tushunchasi va uni yangidan yaratish Reja: 1. Intranet tushunchasi va uning afzalliklari. 2. Intranetni yaratish. 3. Mavjud kompyuter tarmogi asosida Intranet yaratish 4. Intranetni yangidan yaratish Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta'lim muassasasi va sh.u.)ga tegishli kompyuter tarmogi bo'lib, u Internetda sinovlardan yaxshi utgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi. Intranet tushunchasi 1994 yildan boshlab, Internetda Web texnologiyalari muvaffakiyatli sinovlardan utib zur etibor kozongandan sung paydo buldi. Zero Intranetni Web texnologiyasisiz tasavvur qilib bulmaydi. Intranet texnologiyasining asosida Web texnologiyasining asosiy tarkibiy qismlari- HTML, HTTP va brouzer hamda Internetning asosiy protokoli TCPIP yotadi. Intranet an'anaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli kator sifatlarga ega. Bular: boshqaruv va yuridik shaxs faoliyati yo'nalishlarini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyasi uzida odatda bir-biriga zid bo'lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va taksimlanganlik (aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga imkon beradi; Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash tamoyili kuprok undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi, axborot foydalanuvchilar uchun zarur va kulay shaklda beriladi; Axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer vositasida amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo'shimcha kulayliklar tugdiradi. Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan holda, Web -serverlarda saqlanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab kuyiladi, axborot himoyasi osonlashadi; Intranet o'ziga xos taksimlangan dasturiy, axborot va aloqa muhitini uzida mujassamlantirgan; Axborot oqimi matn, tasvir, audio, video ko'rinishida bo'lgani uchun guruhiy faoliyatlar tele-, video-konferentsiyalar asosida yylga kuyilishi oson; Intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iqtisodiy samarali, uni mavjud turli-tuman vositalar, aloqa kanallari asosida xam tez yylga kuyish mumkin. Bu investitsiyalarni iqtisod qilishga imkon beradi. Intranetning xar bir ish o'rni taxminan 50 AKSh dollariga tushadi. Intranetdan yuridik shaxslar quyidagi yynalishlarda foydalanadilar Yuridik shaxs hujjatlarini elektron nashr qilib turish. Intranet serverlarida ishlab chikarilayotgan mahsulotlar, aksiyalar ruyxati, ichki ma'lumotnomalar, standartlar, qoidalar va umuman yuridik shaxsning elon kilinadigan xar qanday hujjati Web - sahifalar tarzida chikarib turiladi. Shunday qilib yuridik shaxsning barcha xodimlari va mexmonlar uchun zarur axborot Web -sahifalarda yuritilib boriladi. Yuridik shaxsning ma'lumotlar bazasi(jamgarmasi)dan foydalanish. Intranetdan foydalanuvchi brauzer vositasida serverdagi ma'lumotlar bazasi bilan tula ishlay oladi: server bazasidagi ma'lumotlarni uzgartish, ulardan foydalanish uchun uning HTML shaklini olib ishlab, sungra serverga qaytarish kifoya. Server tegishli o'zgarishlarni ma'lumotlar bazasiga o'zi kiritib kuyadi. Xat-xabar, hujjatlar bilan almashish. Buning uchun E-mail va UseNet xizmatlarini ishga tushirib kuyish kifoya. Interaktiv (o'zaro faol) ishlash. Buning uchun interaktiv munosabatlarni amalga oshiruvchi Web -sahifalarni tegishli dasturlar bilan ta'minlab kuyish kifoya. Yuridik shaxsni avtomatlashtirish tizimi. hozirgi kunda hujjatlar okimini Intranet asosida yo'lga ko'yishda marketing, buxgalteriya, reja bo'limi, moliya bo'limi omborxona ishlari va boshqa ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.74 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.74 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:48 ]
Arxiv ichida: doc