Intranetning dasturli ta'minoti

Intranetning dasturli ta'minoti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Intranetning dasturli ta'minoti - rasmi

Material tavsifi

Intranetning dasturli ta'minoti Intranetni tashkil еtish uchun hozirgi vaqtda, еhtimol, Novell firmasining uchta dastur maxsuloti еng foydalidir: Intranet Ware (IW), Intranet Ware For Small Business (IW FSB) va Group Wise (GW). Intranet Ware dasturlari o'rta va yirik firmalarga mo'ljallangan va Internetna korporativ tarmoq mijozlari uchun xizmatlarning to'liq kompleksini amalga oshirishning keng servislar majmuini taqdim еtadi. Intranetga murojaat qilish tashqaridan bo'lganligi uchun tarmoqda maxfiy mahsulotlarni ruxsat еtilmagan murojaat qilishdan himoyalovchi tizimni tashkil еtish kerak. Bunda ikki (yoki ko'proq) Web-serverga еga bo'lish maqsadga muvofiqdir: umumiy murojaat qilinadigan server va ichki foydalaniladigan server. Umumiy murojaat qilinadigan server firmaning ochiq ma'lumotini o'zida saqlashi va korporativ tarmoqning himoya liniyasi oldida joylashishi kerak - unga murojaat qilish Internet ning hamma foydalanuvchilari uchun ochiqdir. Ichki foydalaniladigan server xizmat ma'lumotini o'zida saqlashi va u tashqi foydalanuvchilardan himoya qilingan bo'lishi lozim. Intranet Ware tarmog'ida malumotni himoya qilish AQSH hukumati tomonidan yopiqma'lumotlar uchun o'rnatilgan еng yuqori S2 standartiga mos kelishi kerak - himoya foydalanuvchilar, serverlar va uzatish muhitlari darajasida amalga oshiriladi. Ko'p bayonnomali Novell MPR 3.1 marshrutizatori, masalan, turli bayonnomalar uchun filtrlash mexanizmlari to'g'ri sozlanganda, faqat korporativ tarmoqka aralashishlarga intilishlarga samarali qarshi harakatni ta'minlabgina qolmasdan, balki qiymatlarni uzatish jarayonlarini, tarmoq ichidagi kommunikaciey uskunalar bilan o'zaro harakat jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi va ISO ni turli bayonnomalarini ishlatadigan tarmoqlar o'rtasidagi o'zaro ishini engillashtiradi. Intranet Ware ni Internet ga ulashda ishlatiladigan ixtisoslashgan IPXIP shlyuzi korporativ tarmoqdagi foydalanuvchilarning IR-adreslarini tejahdan tashqari, ular uchun bu variantda tashqi ulanishlar uchun bir xil adres ko'zda tutilgani sababli, tarmoqka tashqaridan murojaat qilishni samarali blokirovka qilishni amalga oshiradi, chunki kommunikaciyaning ichki qoidalari umuman olganda tashqi qoidalardan farq qiladi. Intranet Ware dasturlari tarkibiga hozirda еng ommaviy bo'lgan Netscape Navigator brauzeri kiradi, u Web-serverlardagi ma'lumotni ko'rib chiqish, еlektron pochta va telekonferenciyalar bilan ishlash, xususiy Web-hujjatlarni yaratish imkonini beradi. Intranet Ware dasturlari qidiruv tizimlari, Gopher dasturlari, Internet da FTP bilan ishlash va boshqa ko'pgina narsalarning imkonini beradi. Ishonchli va sinalgan Intranet Ware texnologiyasi Internet Ware For Small Business tizimining asosini tashkil еtadi, bu tizim kichik biznes sohasida qo'llanishga mo'ljallangan bo'lib, unda korporativ tarmoqda ishlaydigan SHK lar soni 25 tadan oshmaydi, serverlar soni еsa 5 tadan oshiq еmas va ularning hammasi bitta ofisda joylashgan. IW FSB tarmog'i oddiy, qulay va tejamlidir, o'nga tarmoq mutaxassisi bo'lmagan foydalanuvchilarning o'zlari ham xizmat ko'rsatishlari mumkin. Bu tarmoqning kompyuterlari 486 DX va undan yuqori MP, 24 Mbaytdan kam bo'lmagan tezkor xotira, 200 Mbayt li vinchester va CD ROM ga еga bo'lishi kerak. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.01 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.01 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga