Inversiyalashgan fayllarga asoslangan MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish

Inversiyalashgan fayllarga asoslangan MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Inversiyalashgan fayllarga asoslangan MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Inversiyalashgan fayllarga asoslangan MBBT muhitida ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish Reja: Inversiyalashtirish haqida umumiy tushuncha. Normalashtirishning asosiy maqsadlari. Normalashtirishning turlari va ahamiyati. Inversiyalashtirish haqida umumiy tushuncha ma'lumotlarning relyatsion bazasida sxema ham tuzilmali (strukturali) va semantik axborotlarga ega bo'ladi. Tuzilmali axborotlar munosabatlarning paydo bo'lishiga bog'liq. Semantik axborotlar esa sxemada ifodalangan munosabatlar atributlari orasidagi malum ko'plab funktsional aloqalarda ifodalanadi. Biroq bazi funktsional aloqalar qo'shimcha effektlar yoki ular ma'lumotlar bazasini modifikatsiyalashda keltirib chiqaradigan anomaliyalar tufayli qo'llanilmasligi mumkin. Shu munosabat bilan taklif etilayotgan sxemaning to'g'ri noto'g'riligi haqidagi savol tug'ilishi mumkin. Noo'rin funktsional aloqalari bo'lmagan sxema to'g'ri hisoblanadi. Aks holda, dekompozitsiya ( bo'laklarga ajratish) deb nomlangan tadbirga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Unda ko'plab munosabat ma'lumotlari birinchisining proyeksiyalari bo'lgan boshqa ko'plab munosabat ma'lumotlariga almashtiriladi (ularning soni ortib ketadi). Bu tadbirning maqsadi - noo'rin funktsional bog'liqlik (demakki anomaliyalar)ni ham bartaraf etish bo'lib, u me'yorlashtirish jarayonining mohiyatini tashkil etadi. me'yorlashtirishning asosiy maqsadlari me'yorlashtirish - berilgan sxema (yoki munosabatlar yig'indisi)ning munosabatlari ko'proq oddiy va regulyar tuzilmaga ega bo'lgan boshqa sxema bilan qadamma-qadam almashtirish jarayonidir. Normal shakllar nazariyasida munosabatlarning yo'l qo'yiladigan funktsional bog'liqliklarining tipini cheklaydigan turli normal shakllar aniqlanadi. Aytib o'tilganidek, munosabatlarni biror bir normal shaklga keltirish uchun dekompozitsiyaga murojaat etiladi. Bunda biz qaytarish, yani dastlabki sxemaning qayta tiklanishi muammosiga duch kelamiz. Bu shuni anglatadiki, bir sxemani boshqasiga almashtirayotganimizda dekompozitsiya sxemalar ekvivalentligini saqlab qolishi zarur. Sxemalar ekvi-valentiligini ta'minlash uchun yo'qotishlardan holik va bog'liqlikni saqlab qolishni kafolat beruvchi dekompozitsiya zarur bo'ladi. Yo'qotishlardan holi dekompozitsiya qaytarilishni yani munosabatlarning dastlabki ko'pli-giga ularning loyihalarni tabiiy birlashtirishning davomiyligini qo'llashni kafolatlaydi. Bunda xato birlashtirish oqibati bo'lgan, ilgari mavjud bo'lmagan kortejlar natija munosabatda paydo bo'lmasligi kerak. Bog'liqlikni saqlab qolish, yani funktsional bog'liqliklarning dastlabki ko'pligi yangi sxema munosabatlarida bajarilishini anglatadi. Dekompozisiyada yo'qotishlarda xolik va bog'liqliklarni saqlab qolish ushbu sxemadagi barcha ehtimol tutilgan funktsional bog'liqliklarni bilishni talab qiladi. Avvaliga faqat ularning kichik ko'pliklari malum. Yoki yuqorida sanab o'tilgan funktsional bog'liqliklarni keltirib chiqarish qoidalaridan foydalanib boshqa ko'pliklarga ham ega bo'lishi mumkin. Kalit tarkibiga kiruvchi atribut dastlabki (birlamchi) deyiladi; aksincha bo'lgan hollarda dastlabki bo'lmagan atribut deb ataladi. A(V funktsional bog'liqlik, to'liq funktsional bog'liqlik deyiladi, agar V A atributning qismlariga (ko'pliklari) emas, balki barcha A atributlar guruhlariga tegishli bo'lsa, masalan, agar AqA1, A2, Ak va A1, A2(V bo'lsa, u holda V ning A ga funktsional bog'liqligi to'liq bo'lmaydi. Quyida biz Boys-Kodd normal shaklini ham o'z ichiga olgan, birinchidan beshinchisigacha bo'lgan normal shakllarni ko'rib chiqamiz. Normal shakllarni belgilash uchun 1NSh, 2NSh, 3NSh, 4NSh, BKNSh, 5NSh, qisqartmalari qo'l-laniladi. Birinchi (1NSh), ikkinchi (2NSh), uchinchi (3NSh) normal ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.86 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.86 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga