Ip telefoniya - real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish

Ip telefoniya - real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ip telefoniya - real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish - rasmi

Material tavsifi

Ip telefoniya - real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish Reja: 1.Internet bo'ylab ovozni uzatish 2.SIP komponentlari va protokollari 3.Real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish 1 Internet bo'ylab ovozni uzatish IP tarmoqlari bo'ylab foydalanuvchilar o'rtasida seansni o'rnatish, o'zgartirish va seansni tugatish uchun ilova pog'onasi boshqaruv protokollaridan foydalaniladi masalan SIP (session initiation protocol) protokolidan. SIP protokoli RFC 3261 qoidalari to'plamiga asosan yaratilgan ilova pog'onasi boshqaruv protokoli hisoblanadi. SIP protokoli asosida internet telefoniya jarayonlari amalga oshiriladi, shuningdek u IP tarmoqlari bo'ylab ovozli (voice over IP, VoIP) ma'lumotlarni uzatish uchun eng asosiy protokollardan biri sanaladi. SIP protokoli istalgan turdagi bitta media yoki multimedia seansini qo'llab quvvatlaydi, shulardan telekonferensiyani ham. SIP besh turli multimedia aloqalarni o'rnatish hamda tugatish jarayonini qo'llab quvvatlaydi: Foydalanuvchi manzili: Foydalanuvchi bir muhitdan boshqasiga ko'chib o'tishi va uzoqlashtirilgan muhitdan turib qo'shimcha ilovalarni yoki telefon xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega. Foydalanuvchi imkoniyatlari: Tayyorlik holatini aniqlash. Foydalanuvchi qobiliyati: Media va media parametrlardan foydalanish holatini aniqlash. Seansni o'rnatish: Seans parametrlarining imkoniyatidan kelib chiqib nuqta-nuqta hamda ko'p nuqtali qo'ng'iroqlarni o'rnatishni amalga oshirish. Seansni boshqarish: boshqaruv holati uzatish va seanslarni tugatish, seans parametrlarini o'zgartirish hamda chaqiruv xizmatlarini o'z ichiga oladi. SIP dastlabgi protokollar uchun ishlab chiqilgan elementlardan foydalanadi. Shuningdek SIP, HTTP kabi so'rovjavob transaksiya modeliga asoslangan. Har bir transaksiya klient so'rovidan tashkil topadi. SIP sarlovha, kodlash qoidalari hamda HTTP status kodlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham ma'lumotlar ekranda tasvirlanganida tekst asosidagi ma'lumot formatini o'qish imkoniyati mavjud bo'ladi. SIPda shu bilan birga DNS (domain name system)ning rekursiv va iterativ qidiruviga o'xshash konsepsiyadan foydalaniladi. SIPning tarkibiga SDP (Session Description Protocol) protokoli ham kiradi. 2. SIP komponentlari va protokollari SIP tarmog'i ikki turli komponentlardan tashkil topishi mumkin: klientserver va individual tarmoq elementi. Klient va server komponentlari RFC3261 (request for commend) qo'idalari to'plamiga muvofiq quyidagicha tavsiflanadi: Klient: Klient istalgan tarmoq elementi bo'lib, SIP so'rovlarini jo'natishi hamda SIP javoblarini qabul qilishi mumkin. Klientlar foydalanuvchi bilan to'g'ridan to'g'ri o'zaro muloqotga kirishishi mumkin yoki kirishmasligi mumkin. Foydalanuvchi agentklientlari va proqsilar klientlar hisoblanadi. Server: Server ham tarmoq elementi bo'lib, xizmatdan foydalanish haqidagi so'rovlarni qabul qilishi hamda so'rovlarga mos javob qaytarishi mumkin. Serverlarga proksi, foydalanuvchi agent serveri, yo'naltiruvchi hamda ro'yhatga oluvchi serverlar misol bo'la oladi. Standart SIP tarmog'ining individual elementlari quyidagilar: Foydalanuvchi agenti: Bu agent har bir SIP tarmog'ining oxirgi punktida joylashadi. Bu ikki xil holatda ishlaydi: Foydalanuvchi agent klienti (user agent client, UAC): SIP so'rovlarini yaratadi Foydalanuvchi agent serveri (user agent server, UAS): SIP so'rovlarini qabul qiladi va unga mos javob shaklini yaratadi masalan qabul ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 470.09 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 470.09 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga