Iqtisodiy informatika faniga kirish va kursning mazmuni

Iqtisodiy informatika faniga kirish va kursning mazmuni

O'quvchilarga / Informatika va AT
Iqtisodiy informatika faniga kirish va kursning mazmuni - rasmi

Material tavsifi

iqtisodiy informatika faniga kirish va kursning mazmuni Reja: 1. Hisoblash texnikasi va informatikaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. 2. Hisoblash texnikasi rivojlanishi tarixi va asosiy bosqichlari. 3. Hisoblash texnikasining tasnifi. 4. EHMning turlari va asosiy oilalari. Hisoblash texnikasi va informatikaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kadim zamonlardan to hozirgacha murakkab hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga bo'lgan talab hamda bu bilan bog'lik muammolar mavjud bo'lgan. Insoniyat bu muammolarni xal qilish uchun xilma xil usullarni ko'llab kelgan. Har bir konkret sohada bu muammoni yechishga urinish o'ziga xos yechim va muvaffakiyatlarga olib kelgan. Lekin hisoblash texnikasi va informatikaning paydo bo'lishi bilan insoniyat bir kancha ko'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lganki, bular jamiyatning katta tezlik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Bu imkoniyatlar haqida nimalar deya olasiz? Ushbu imkoniyatlar informatsion texnologiya programmaviy-texnik vositalarining kaysi ko'rsatgich va xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan? Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng mikyosda tadbiq qilinishidir. xalq xo'jaligining rivoji o'z navbatida yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini ( EHM), rakamli-programmali boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va keng mikyosda tatbik etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning asosiy quroli bo'lib, o'zining algoritmik va programma ta'minotiga ega bo'lgan kompyuterlar xizmat qiladi. Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan bo'lsa, kompyuter va sun'iy intellekt vositalarning paydo bo'lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy - texnika rivojining hozirgi bosqichi ko'pincha kompyuter inkilobi deb yuritiladi. Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog'lash imkonining vujudga kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan qog'ozsiz informatikaning imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha sohalariga o'z amaliy ta'sirini o'tkazmokda. Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, fakat mutaxassis-operatorlar bu EHM-larda ishlagan bo'lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo'lgan qurilma bo'lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma'lumotlar va bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta'minlaydi. ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo'yicha kompyuterlarni samarali ko'llash doirasi kundan-kunga kengayib bormokda. 7Informatikani tadbiq etishning asosiy sohalari kuyidagilardir: ishlab chiqarishni to'lik avtomatlashtirish va robotlashtirish; ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish; tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani ko'llash; maktablar, kollejlar, oliy o'quv yurtlarida o'qitish va kadrlar tayyorlashni kompyuterlashtirish; xizmat ko'rsatish, sog'likni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tadbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bo'lishi informatikani tatbik etish va kompyuter bo'yicha savodsizlikni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo'ldi. Hozirgi zamon kompyuterlariga bo'lgan kizikish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.16 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.16 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga