Iqtisodiy informatika nazariy asoslari. Ma'lumotlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish

Iqtisodiy informatika nazariy asoslari. Ma'lumotlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Iqtisodiy informatika nazariy asoslari. Ma'lumotlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy informatika nazariy asoslari, ma'lumotlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish Reja: Iqtisodiy informatika tushunchasi. Boshqaruv jarayonlari texnologiyasi va uni tashkil qilish. Informatsiya turlari va miqdori. Iqtisodiy axborotning strukturaviy birliklari. Iqtisodiy axborotlarni tasniflash va uni kodlashtirish. Iqtisodiy informatika tushunchasi. Axborotlarni qayta ishlab chiqish jarayonida ularning qanday turga mansubligini va uning asosiy xususiyatlarini aniqlash lozim bo'ladi. Bu muammoni xal qilish uchun ma'lumot ishlab chiqarish jarayonini, ma'lumotlardan foydalanuvchilar kimlar ekanligini, qayta ishlangan ma'lumotlar nimalar uchun ishlatilishini va bu bilan bog'liq boshqa muammolarni chuqur hamda atroflicha o'rganish lozim bo'ladi. Faraz qiling, Siz biror bir korxonada hisobchi bo'lib ishlaysiz va boshlig'ingiz Sizga ushbu korxonaning buxgalteriya ishini kompyuter yordamida avtomatlashtirish vazifasini qo'ygan. Fikrlab ko'ringchi, bu masalani xal qilish uchun Sizga nimalar qilish lozim bo'ladi va Siz qanday turlarga mansub ma'lumotlar bilan ishlashingiz kerak bo'ladi? Agarda biz bularni iqtisodiy sohaga mansub ma'lumotlar desak, yana qanday sohalarga mansub ma'lumotlar haqida bilasiz? Xilma xil sohalarga oid ma'lumotlar bir biridan farqlanadimi yoki yo'qmi? Agar farqlansa qaysi ko'rsatgichlari bilan farqlanadi? Tegishli adabiyotlardan foydalangan holda yoki do'stlaringiz bilan muloqot orqali bu muammolarni mustaqil xal qilishga harakat qiling. Axborotlardan foydalanish belgisiga qarab ularni bir necha turlarga bo'lish mumkin. Xususan, ulardan biri va muhimi iqtisodiy axborotlardir. Iqtisodiy axborotlarni tasvirlash obyekti-ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatlaridir. Axborotlarning ahamiyati esa ana shu ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini boshqarish chog'ida ular ishini yanada takomillashtirish, texnika-iqtisodiy ko'rsatkichlar sistemasini yanada yaxshilash maqsadida foydalaniladi. Iqtisodiy axborotlar deb, iqtisodiy sohaning barcha tomonini butunlay tasvirlaydigan har xil ma'lumotlar to'plamiga aytiladi. Ular yordamida xalq xo'jaligini va uning ayrim olingan tarmoqlarini boshqarish uchun tasvirlash, qayd etish, uzatish, saqlash va boshqa texnik vositalaridan foydalanish zarurdir. Iqtisodiy axborotlar to'g'risida ikkinchi o'xshash qoidani ham keltirish mumkin: xalq xo'jaligining iqtisodiy sohasini to'la tasvirlaydigan ma'lumotlarni iqtisodiy axborotlar deb ataladi. Umuman, iqtisodiy axborotlar muhim tushuncha hisoblanib, u xo'jalik, ishlab chiqarish, istemol va moddiy resurslar, mehnat hamda pul resurslarining tarkibi, obyektlar ishining aynan malum vaqtlargacha va ungacha bo'lgan holatlari haqidagi axborotlar sistemasini o'z ichiga oladi. Korxona, tashkilotlarning, jamoa xo'jaligi faoliyatlarining iqtisodiy axborotlari natural, qiymat va boshqa ko'rsatkichlar orqali aks ettiriladi. Bu axborotlar qator xarakterli xususiyatlarga ega bo'lib, ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin. axborotlar harfli-raqamli belgilar orqali ifodalanadi; berilgan ma'lumotlar va hisoblash natijalari, ayrim hollarda oraliq natijalari ham uzoq vaqt saqlanishi kerak; bir manbadan kelib chiqqan dastlabki axborotlar har xil boshqarish funksiyalarida o'z aksini topadi; bajariladigan hisoblash jarayonlari nisbatan ko'p bo'lmasada, katta hajmli axborotlarga turli mazmundagi ma'lumotlarni olish uchun turlicha usulda ishlov beriladi; iqtisodiy axborotlarning ko'pchilik qismi muntazam ravishda ishlanadi; bajariladigan aniq funksiyalarga ko'ra axborotlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.22 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.22 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga