iqtisodiy masalalarni EXM yordamida yechishning asosiy bosqichlari hayotdagi xar qanday masala, xox u iqtisodiy, xox texnik, xox sotsial masala bulsin, malum bosqichlar bo'yicha echiladi. Muammoni oldindan qilingan aniq sistema va tasavvur asosida yechishgina to'g'ri yechimga olib kelishi mumkin. iqtisodiy masalalarni EXM yordamida yechish quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi. (1-sxemaga karang). 1 - sxema. Masalaning tabiiy ko'rinishi deganda muammoning asl mohiyati: qanday shar-sharoitlar mavjud, nimani topish kerak, topilgan yechim qanday shartlarni kanoatlantirishi kerakligini aniklashdan iborat. Masalaning tabiiy ko'rinishiga quyidagi misolni keltirish mumkin. To'quvchi mato to'qishda murakkab tarkibli iplardan foydalanadi. Bunday iplarni tayyorlashda tannarxi har xil bo'lgan tolalardan foydalanadi. Ushbu tolalar qanday nisbatda olinganda ipning xususiyatlari talabga javob beradi va uning tannarxi minimal bo'ladi. Tabiiy ko'rinishda qo'yilgan masalaning ikki xil modelini ko'rish mumkin. Ulardan birinchisi fizik modeli. Bu - masalada mavjud barcha shart sharoitlarni uzida mujassamlashtirgan, asliga nisbatan arzon va kulay avtonom obyektdir. Bu obyekt asosan masalani eksperimental yul bilan yechishga muljallanadi. Bunday usul bilan olingan yechim empirik xususiyatga ega bo'lib, u optimal bulmasligi mumkin. Modellarning ikkinchisi - matematik modeldir. Matematik model deganda masalaning barcha xususiyatlarini uzida aks ettiruvchi matematik formula va shartlar majmuasi tushuniladi. Ushbu majmua amaldagi tabiiy obyektni tulik almashtiradi yani abstraktlashtiradi. Matematik modeldagi ixtiyoriy parametrning o'zgarishi amaldagi modelning biror parametri (masalan, biror turdagi tola sonining) o'zgarishiga ekvivalent bo'ladi. Matematik model xech qanday eksperimentsiz optimal yechimni topish imkoniyatini beradi. Odatda barcha matematik masalalar malum sinflarga ajratilgan bo'lib, bu sinf masalalarini yechishning kuplab usullari ishlab chiqilgan. Masala yechishning navbatdagi bosqichi anashu usullardan bizning masala uchun eng kulayini tanlab olish, agar bunday usul mavjud bulmasa, yangi usul ishlab chiqishdan iborat bo'ladi. Usul tanlangandan sung masalani yechish uchun bajarilishi kerak bo'lgan ishlarning katiy tartiblangan ketma-ketligi - yechish algoritmi tuziladi. Tayyor algoritm bo'yicha EXMga programma tuzish uchun kuplab algoritmik tillar mavjud. Ular bir-birlaridan kulayligi, tuzish uchun osonligi, amallar bajarilash anikligi va xokozolar bilan farqlanadi. Bizning malalani yechish uchun eng kulayi tanlab olinib, algoritm bo'yicha programma tuziladi. Keyingi bosqich - tuzilgan programmani EXM xotirasiga kiritish va uni otladka qilishdan iborat. Otladka deganda - programmani EXM yordamida bajarish jarayonida aniqlangan xatolarni tuzatib, qaytadan bajarish orqali algoritmda kuzda tutilgan ishlarni to'g'ri bajarilishiga erishish va natija olish tushuniladi. Olingan natijalarni sinchkovlik bilan tahlil qilish, ularni masalaning asl mohiyati bilan muvofik ravishda tabiiy ko'rinishda tasavvur qilish - EXM da masala yechishning oxirgi bosqichi hisoblanadi. Aynan yechimning mohiyati, tabiatiga karab, masalaning to'g'ri qo'yilganligi, mazmunga ega yoki yukligi, mazkur yechim keltiradigan foyda va xokozolar to'g'risida gap yuritish mumkin bo'ladi. yechimning tabiatiga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.71 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.71 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:49 ]
Arxiv ichida: doc