Ba'zi mahsulot sifat ko'rsatkichlarini modellashtirish va boshqarishning hozirgi davrdagi holati Reja: 1. Ishlab chiqarilayotgan tsement va gazlama sifatini modellashtirish va boshqarishning hozirgi davrdagi holati 2. Mahsulot sifatini modellashtirish asosida uni boshqarish samaradorligini oshirish omillari 1. Ishlab chiqarilayotgan tsement va gazlama sifatini modellashtirish va boshqarishning hozirgi davrdagi holati Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifat ko'rsatkichlarini modellashtirish va boshqarish jarayonlarini tsement va gazlama ishlab chiqarish misollarida ko'rib chiqamiz. Mahsulot sifat ko'rsatkichlarini modellashtirishda ko'p tarqalgan usullardan biri regression tahlildir. Matematik model qurish hamda modelning ko'rsatkichlarini baholashda chiziqli va nochiziqli modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Bunda eng kichik kvadratlar usuli qo'llaniladi. Ba'zi hollarda nochiziqli modellar har xil almashtirishlar vositasida chiziqli ko'rinishga keltiriladi. Bunday modellar kvazichiziqli modellar deyiladi. CHiziqli modellarni qurishda chiziqli tenglamalar tizimini yechishga to'g'ri keladi. Nochiziqli modellarni qurishda tenglamalar tizimini yechish murakkab-lashadi. Ba'zan model qurishda eng kichik kvadratlar usulini qo'llash qisman mum-kin bo'ladi yoki umuman bu usulni qo'llash imkoni bo'lmay qoladi. Umumiy holda mahsulot biror sifat ko'rsatkichining texnologik ko'rsatkichlari bilan bog'lanishini K(x) = y(X1, X2 ,, XN), (1.) ko'rinishda yozaylik, bunda y- mahsulotning sifat ko'rsatkichi; X1,X2,XN - mahsulotning sifat ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi ko'rsatkichlar. Bunda asosiy masala ko'rsatkichlarni va ularni aniqlash usullarini to'g'ri tanlash masalasidir. Odatda har bir yangi deb tan olingan model jarayon yoki tizimni eski modelga nisbatan aniqroq aks ettiradi. SHuning uchun quyidagi qoida o'rinli bo'ladi: (2) bunda j- tajriba nomeri; Kj(x)- real sifat; Kj(x)- yangi model bo'yicha aniqlangan sifat; Kj(x)- eski model bo'yicha aniqlangan sifat; Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan tsement yoki gazlamaning sifat ko'rsatkichlarini modellashtirish bo'yicha juda ko'p usullar qo'llanilgan. SHulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz. 1. 3,7 va 28 kun qotirilgan tsement ustunchalarida fizik-mexanik sinovlar o'tkazish usuli. Bunda ustunchalarning mustahkamligi egib sindirish va siqib sindi-rish yo'llari bilan o'lchanadi. Bu sinovlar ko'rsatkichlari bo'yicha tsementning sifa-ti haqida baholar hisoblab chiqiladi. Namunalarni tayyorlash texnologiyasi va shart--lariga aniq rioya qilinganda bu usulning xatoligi 5 foizdan oshmaydi. 2. Ba'zi tsement zavodlarida tsement sifatini yuqori bosim va temperaturali par yordamida fizik modellashtirish usuli qo'llaniladi. Bunda tsement ustunchalar 15-20 soat mobaynida 28 kunlik mustahkamlikka erishadi. Bu holda tsementning sifat ko'rsatkichi quyidagicha aniqlanadi. K(x) = F K(x), (3) bunda, K(x)- real sifat; K(x)- qo'llanilayotgan usul bo'yicha aniqlangan sifat; F- muntazam sozlanib turiladigan hamda texnologik ko'rsatkichlarga bog'liq bo'lgan tuzatish koeffitsiyenti, ya'ni: F = f(x1,x2,,xn). (4) Hozirgi davrda tuzatish koeffitsiyenti uchun biror me'yor qabul qilinmagan. SHuning uchun, bu usul 1- usul bilan parallel tarzda qo'llaniladi. Bu usulni qo'llash jarayoni qiyinchiliklarni vujudga keltirib, xom ashyo yoki texnologik jarayon keskin o'zgarganda yaroqsiz natijalarni beradi. 3. Korxonada ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.41 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.41 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:49 ]
Arxiv ichida: doc