Ishlab chiqarish logistikasi

Ishlab chiqarish logistikasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ishlab chiqarish logistikasi - rasmi

Material tavsifi

Ishlab-chiqarish logistikasi Reja: 1.Ishlab-chiqarish logistikasi tushunchasi 2.Ishlab-chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik konsep-siyalari 3.Ishlab-chiqarish tizimlarining sifat va miqdor egiluvchanligi. 4.Qishloq xo'jaligi ishlab-chiqarish logistikasida moddiy oqimlarni boshqa-rishning rag'batlantiruvchi tizimlari 5.Qishloq xo'jaligi ishlab-chiqarish logistikasida moddiy oqimlar boshqaru-vining yetaklovchi tizimlari. 6.Qishloq xo'jaligi ishlab-chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashuvni qo'llashning samaradorligi. 1.Ishlab-chiqarish logistikasi tushunchasi Moddiy oqim, xom-ashyoning birinchi manbasidan oxirgi iste'molchigacha bo'lgan yo'lida qator ishlab-chiqarish bo'g'inlaridan o'tadi. Bu bosqichda moddiy oqimlarni boshqarish, o'ziga xos xususiyatlariga ega, va ishlab-chiqarish logistikasi deb atala-di. «Ishlab-chiqarish» atamasining ma'nosini eslatib o'tamiz. Ma'lumki jamiyat ishlab-chiqarishi moddiy va nomoddiy qismlarga bo'linadi (3.1-rasm). Ishlab-chiqa-rish logistikasi, moddiy ishlab-chiqarish sohasida yuz beradigan jarayonlarni ko'rib chiqadi. 1.-rasm. Jamiyat ishlab-chiqarishining tuzilmasi Ishlab-chiqarish logistikasining maqsadi bu moddiy boyliklar yaratuvchi yoki saqlash, qadoqlash, joylash kabi moddiy xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalar ichidagi moddiy oqimlarni optimizatsiyalashtirishdir. Ishlab-chiqarish logistikasida o'rga-niladigan obyektlarning tavsifiy belgisi - bu ularning hududiy ixcham joyla-shishidir. Adabiyotlarda ularni «logistikaning orol obyektlari» deb ham atashadi. Ishlab-chiqarish logistikasi doirasidagi logistik jarayon ishtirokchilarini ichki ishlab-chiqarish munosabatlari bog'lab turadi (tovar-pul munosabatlari bilan bog'langan makrodarajadagi logistik jarayon ishtirokchilaridan farqli ravishda). Ishlab-chiqarish logistikasida ko'riladigan logistik tizimlar, ichki ishlab-chi-qarish logistik tizimlari nomi bilan yuritiladi. Ularga: sanoat korxonalarini, ombor inshootlariga ega ulgurji savdo korxonalarini, xo'jalik hamda fermer xo'ja-liklarini va boshqalarni kiritish mumkin. Ichki ishlab-chiqarish logistik tizimlarini mikro va makro darajalarda ko'rib chiqish mumkin. Makrodarajada ishlab-chiqarish logistik tizimlari makrologistik tizimlar-ning unsurlari sifatida namoyon bo'ladilar. Ular moddiy oqimlar manbalari bo'lib, ushbu tizimlar ishining bir tekis borishini ta'minlaydilar. Makrologistik ti-zimlarni tashqi muhit o'zgarishlariga moslashuvi, ularning ichidagi ichki ishlab-chi-qarish logistik tizimlari ishlab-chiqaradigan mahsulotning assortimenti va miqdo-rini tez o'zgartira olish qobiliyatiga bog'liq. Mikrodarajadagi ichki ishlab-chiqarish logistik tizimlari, bir-biri bilan o'zaro munosabatda va aloqalarda bo'lib, ma'lum birlikni, butunlikni vujudga kel-tirgan tizimchalar qatoridir. Bu tizimchalar: xaridlar, omborlar, zaxiralar, ishlab-chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport, axborot, sotish va kadrlardir. Ular moddiy oqimni tizimga kirishi, undan o'tishi va chiqib ketishini ta'minlaydilar. Logis-tika konsepsiyasiga muvofiq ichki ishlab-chiqarish logistik tizimlarining yaratili-shi, korxona ichidagi ta'minot, ishlab-chiqarish va sotish bo'g'inlarining rejalari va ishlarini doimiy ravishda o'zaro kelishilishi va to'g'rilanib borishi imkoniyatini ta'minlashi lozim. 2.Ishlab-chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik konsep-siyalari Ishlab-chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy ho-latlarni o'z ichiga oladi: ortiqcha zaxiralardan voz kechish; asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz kechish; iste'molchi buyurtmasi bo'lmagan mahsulotlarni ishlab-chiqarishdan voz ke-chish; uskunalar to'xtab turishini yo'q qilish; sifatsiz mahsulotlarni yo'q qilish; xo'jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo'q qilish; yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish. Logistikadan farqli o'laroq ishlab-chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi quyidagilardan iborat: mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab-chiqarish; «har ehtimolga qarshi» moddiy resurslarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.44 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.44 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga