Ishonchlilik ko'rsatkichini oshirish usullari

Ishonchlilik ko'rsatkichini oshirish usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ishonchlilik ko'rsatkichini oshirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Ishonchlilik ko'rsatkichini oshirish usullari Berilgan punktlar o'rtasida bog'lanishlarning strukturaviy ishonchli-ligini orttirish quyidagi choralar qo'llashni talab qiladi: ishonchliligi orttirilgan apparatura yoki liniyalarni tanlash (masa-lan havo liniyalari o'rniga tola optik aloqa liniyalari) bu tarmoqning alohida qirralarining ishonchliligini orttirish imkonini beradi; tarmoqning ayrim uchastkalarida kanallar, traktlar yoki liniyalar bo'yicha rezerv qo'llash, bu qirralar ishonchliligi ni orttirishga olib keladi; rezerv aylanma yo'llardan foydalanish (issiq rezerv rejimida), bu bog'lanish uchun ishlatish mumkin bo'lgan bir-biriga bog'liq bo'lmagan yo'llar sonini orttirishga ekvivalentdir; ulagichlar qurilmasi- mavjud yo'llar o'rtasidagi ko'ndalang bog'lanishlar, bu bir-biriga bog'liq bo'lgan yo'llar sonini orttirishga ekvivalentdir; nazorat va tiklash xizmatini tashkil etish, shu jumladan, masalan, buzilgan uchastkalarni aylanib o'tishni tashkil etish uchun harakatdagi radioreley liniyalaridan foydalanish, qayta krossirovkalash va to'la hajmda bo'lmasa ham qisman vaqtincha bog'lanishni tiklash imkonini beruvchi boshqa choralar, bu tiklash vaqtini kamaytirishga ekvivalentdir, demak, qirralarning ishonchliligini orttirishdir. turli sathdagi mos boshqaruv tizimlarini yaratish, ular axborot oqimlarini qayta taqsimlash va cheklash, kanallar va traktlarni operativ ravishda qayta ulashni ta'minlash. Shunga o'xshash tadbirlar tarmoqning yashovchanligini orttirish imko-nini beradi. U yoki bu tadbir, chorani tanlash ishonchlilikka va yo'l qo'yilgan aloqadagi to'xtalishga, hamda xarajatlar munosabatlariga qo'yiladigan talablardan kelib chiqadi. Amaliyotda, odatda, ko'rsatilgan choralarning quramasi ishlatiladi. Peremichkalarni qo'llash effektivligini [4] rangi 4 bo'lgan (10.1.a -rasm) ikkita bir xil bir-biriga bog'liq bo'lmagan yo'llardan iborat ikkita punkt o'rtasidagi bog'lanishning oddiy misolida ko'rib chiqamiz, bunda har bir qirraning ishonchliligi . Bunga yo'lning ishonchliligi ikkala yo'llar uchun esa mos keladi. Agar yo'llar markazlari o'rtasida (1. b-rasm) bitta ulagichni kiritsak, unda ulagich mutlaq ishonchliligida bog'lanish ishonchliligi 0,93 ni ulagich ishonchliligi 0,9 va 0,8 bo'lganda - mos ravishda 0,925 va 0,921 ni tashkil etadi.1.a-rasmda ulagich o'rni o'zgartirilganda ishonchlilik bog'liqligi ko'rsatilgan. Agar bir xil masofada ikki yoki uchta ulagich (1 g- rasm) qilinsa, unda bo'lganda bog'lanish ishonchliligi 0,946 va 0, 960 bo'ladi. Uchta bir xil bir-biriga bog'liq bo'lmagan yo'llarda bog'lanish ishonchliligi 0,959 bo'ladi. rasm. Ulagich kiritish bilan ishonchlilikni orttirish. Optimal variantni tanlash muvofiq tadqiqotlardan so'ng bajarilishi kerak va konkret hollarda ulagich tarmoqda boshqa bog'lanishlar uchun ishlatilishi mumkinligi inobatga olinishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar Gordienko proyektirovanie i texnicheskaya ekspluatatsiya. Moskva goryachaya lini- Telekom.2008. Gribkovskiy V.P. Poluprovodnikovie lazeri.1988. Galyardi R.M., Karp Sh. Opticheskaya svyaz: Perevod s angliyskogo S.M. Babiya pod red. A.T. Sheremeteva.-M.: Svyaz, 1978. Opticheskie sistemi peredachi: Uchebnik dlya vuzovB.V. Skvortsov, V.I. Ivanov, V.V. Kruxmalev i dr.; Pod red. V.I. Ivanova.-M.: Radio i svyaz, 1994. Tsifrovie i analogovie sistemi peredachi: Uchebnik dlya vuzov V.I. Ivanov, V.N. Gordienko, G.N. Popov i dr.; Pod red. V.I. Ivanova.- 2-e izd. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.46 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.46 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga