Ishoratlarni o'rnatish. Bookmark tashkil qilish. Grafik ishoratlar va tasvir xaritasini qo'yish

Ishoratlarni o'rnatish. Bookmark tashkil qilish. Grafik ishoratlar va tasvir xaritasini qo'yish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ishoratlarni o'rnatish. Bookmark tashkil qilish. Grafik ishoratlar va tasvir xaritasini qo'yish - rasmi

Material tavsifi

Ishoratlarni o'rnatish. «Bookmark» tashkil qilish. Grafik ishoratlar va tasvir xaritasini qo'yish Reja: 1. Form tashkil qilish. MS FrontPage komponentlarini o'rnatish va foydalanish 2. JavaScript ga kirish. O'zgaruvchilar, obyektlar va xususiyatlar. Web hujjatlarning asosiy ajralib turadigan qismi, bu hujjatlarga qo'yiladigan giperishoratlardir. Giperishoratlar «jonli» ravishda namoyon bo'ladi. Yani oddiy matnlarga qo'yilgan, masalan, «qo'shimcha ma'lumotlarni ikkinchi varaqdan olasiz» kabi izoxda siz uni ikkinchi varaqqa o'tsangiz, olasiz. Gipermatnlarda esa o'sha ishoratlarning o'zi harakatlanadi. Boshqa hujjatlarga yo'l ko'rsatuvchi va olib boruvchi giperishoratlar ham gipermatnli aloqalarning asosiy qismi hisoblanadi. Giperaloqalar faqat kalitli so'zlar orqaligina bo'lmay, balki turli obyektlar, hatto rasmlarning bo'laklarlari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Giperishoratlarni qo'yish MS FrontPage dasturida qanday amalga oshirilishi to'g'risida kengroq to'xtalib o'tamiz. Aytib o'tilganidek, giperishorat matn qismiga ham qo'yilishi mumkin. Buning uchun giperishorat qo'yilishi kerak bo'lgan matn belgilab olinadi va uskunalar panelida joylashgan tugmasi bosiladi. Natijada ekranda 14-rasmda ko'rsatilgan muloqot oyna hosil bo'ladi. bu oynadagi URL maydonida aktivlashishi lozim bo'lgan faylga yo'l va fayl nomi ko'rsatiladi. Ok tugmasi bosilganidan keyin belgilangan matn qismi boshqa rangga bo'yalganini ko'ramiz. Agar web hujjatni brauzerda ochib sichqoncha ko'rsatkichini shu matn ustiga olib keladigan bo'lsak, sichqon ko'rsatkichi «qo'l» ko'rinishini oladi. Yani matn tanlanganda URL maydonida berilgan fayl (web hujjat) aktivlashadi. 14-rasm. Giperishorat qo'yish uchun muloqot oyna Giperishoratlarni freymlar bilan ishlayotgan vaqtda anchagina etibor bilan o'rnatilishi talab etiladi. Malumki, freymlar ekranda bir necha web hujjatlarni namoyon qiladi. Bir web hujjatda o'rnatilgan giperishoratga bog'langan boshqa bir web hujjat joriy vaqtda aktivlashib turgan freym oynasi o'rnida hosil bo'lishi uchun quyidagi ishlarni bajariladi: kerakli matn qismi belgilanadi; giperishorat tugmasi bosiladi; hosil bo'lgan 14-rasmdagi muloqot oynadan tegishli faylga yo'l ko'rsatiladi; muloqot oynadagi Target frame tugmasi bosiladi; hosil bo'lgan muloqot oynaning o'ng tomonidagi freymli oyna shablonidan ishorat qo'yilayotgan hujjat freymning qaysi bo'limida hosil bo'lishi tanlanadi (15-rasm); Ok tugmasi bosiladi. 15-rasm. Target Frame muloqot oynasi Brauzerlar boshqa bir hujjatga yoki hujjatning malum bir qismiga murojaat qilish uchun ajratilgan kalit so'zni o'zgacha rangda yoki ostiga chizilgan shaklda hosil qilishi haqida yuqorida aytib o'tgan edik. Bu ishorat ko'rsatkich ustida sichqoncha tugmasini bir marta bosish bilan boshqa hujjatga tez o'tish mumkin. Manzilli-ishoratning ko'rinmas qismida boshqa hujjatga o'tishga yo'l ko'rsatiladi. HTML tilida ishorat o'rnatish quyidagicha bo'ladi: Main.htm ga ishorat bu yerda «Main.htm ga ishorat» kalit so'zi joriy hujjat joylashgan katalogdagi Main.htm nomli hujjatga ishoratni ifodalaydi. agar boshqa bir katalogda joylashgan hujjatga ishorat qo'yish kerak bo'lsa, u holda o'sha katalokka yo'lni to'liq ko'rsatish kerak. Masalan, joriy katalogda joylashgan AtlanticStates katalogidagi NSStates.htm ga ishorat qo'yish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 149.86 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 149.86 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga