Izlanishlar mavzusidagi ishlarning hozirgi kundagi axvoli va ilmiy izlanishlarning maqsadi

Izlanishlar mavzusidagi ishlarning hozirgi kundagi axvoli va ilmiy izlanishlarning maqsadi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Izlanishlar mavzusidagi ishlarning hozirgi kundagi axvoli va ilmiy izlanishlarning maqsadi - rasmi

Material tavsifi

Izlanishlar mavzusidagi ishlarning hozirgi kundagi ahvoli va ilmiy izlanishlarning maqsadi , vazifalari Reja: Ilmiy izlanishlarning maqsad va vazifalari O'zbekistonda quyosh Energiyasidan Foydalanish Imkoniyatlari Quyosh energiyasm yordamida suv tozalash tizimlari Quyosh pechi hozirgi kunda mukobil va qayta tiklanadigan ekologik nuqtai nazardan toza quyosh energiyasidan uy joylarni yoritish va isitish yoki elektr toki bilan ta'minlash kabi yo'nalishlarda foydalaniladi. Uy joylarni isitish uchun quyosh energiyasidan foydalanish tez rivojlanib 2010 yili Xitoydagi quyosh isitish qurilmalari bu sohaning talabini 87 foizini qondirayapti. Natijada juda ko'p miqdorda gaz va boshqa yoqilgi tejalyapti. Fotoelementlar yordamida quyosh nuridan elektr energiyasi olish qurilmalarining butun dunyo bo'yicha quvvati 1985 yili 21 MBt bulsa, faqat 2005 yilda ishga tushirilgan qurilmalarning quvvati 5GVt ni tashkil qildi. 2010 yilga kelib fotoelementli qurilmalarning quvvati 4 GBt yaqinlashdi. Bu sohada Yaponiya, Koreya va Yevropadavlatlari ilgarilab ketishdi. Quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha Osiyo tashabbusi doirasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) yaqin 3 yil ichida 300 MVt quyosh energiyasini generatsiya qilishga qaratilgan loyihaning amalga oshirilishini rejalashtirmoqda. Bu haqda har yili o'tkaziladigan OTB boshqaruvchilari Kengashining Toshkentdagi 43 yig'ilishi doirasida bo'lib o'tgan matbuot konferensiyasida elon qilindi. OTB boshqaruvchi Bosh direktori Radjat Nagning qayd etishicha mutaxassislar qilgan taxminlarga ko'ra 2030 yilga kelib Osiyo-Tinch okeani mintaqasida energiya eltuvchilarga bo'lgan talab deyarli ikki barobar ortib ketadi. - Bugungi kunda energiya ishlab chiqarishning innovatsion usullariga hamda shu bilan bir vaqtda havoga bug'lanma gazlar chiqarilishini qisqartirishga mablag'lar kiritish juda zarur bo'lib qoldi. Ekspertning aytishicha, agar tegishli rag'batlantirish va moliyalashtirish mexanizmlari yaratilsa, kelgusida turg'un quyosh energiyasidan sof energiya hosil qilish mumkin bo'lib qoladi. Quyosh energiyasi ekologik sofligi va qulayligi nuqtai nazaridan istiqbollidir. Quyosh qurilmalari, ayniqsa, markazlashgan elektr va issiqlik tizimlaridan uzoqda joylashgan hududlarni elektr energiyasi va issiqlik bilan ta'minlashda qulaydir. O'zbekiston uchun cho'l hududlarida suvni chuchuklashtirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini quritish, issiqxonalar va yashash joylarini isitish, binolarni issiq suv bilan ta'minlash, shamollatish va sovitish, issiqlikka chidamli materiallar olish uchun yuqori haroratli quyosh pechlari qurish quyosh energiyasidan amalda foydalanishning eng istiqbolli yo'nalishlaridir Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash bo'yicha O'zbekiston Markaziy Osiyo regionida yetakchi davlat hisoblanadi. Yog'ingarchilik nisbatan past bo'lgan, o'tgan 2011 yilda xam 10 million tonna dan ortik meva va poliz ekinlari etishtirildi (1). Yetishtirilgan mahsulotlarnig katta qismi qayta ishlanmasdan chetga eksport qilinadi. Qolgan qismi esa yarim yoki chuqur qayta ishlanib tayyor mahsulotga aylantiriladi. Mustaqillik yillarida qishloq xo'jalik mahsulotlarini yangi zamonaviy texnologik qurilmalar yordamida qayta ishlab, jahon andozalariga javob beradigan sifatli mahsulotlar olishga katta etibor beriliyapti. Yuqorida takidlanganidek qishloq xo'jalik mahsulotlarini quritish dolzarb masala va bunda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.46 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.46 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga