Jadval protsessorlari (xisoblagichlari) haqida asosiy tushunchalar

Jadval protsessorlari (xisoblagichlari) haqida asosiy tushunchalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Jadval protsessorlari (xisoblagichlari) haqida asosiy tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Jadval protsessorlari (hisoblagichlari) haqida asosiy tushunchalar Reja: Jadval protsessorlari haqida asosiy tushunchalar va ularning turlari. Jadval protsessorlarida ishlashning asosiy usullari va kerakli amallarning bajarilishi. Jadval protsessorlarida menyu va komanda rejimida ishlash. Satrlar balandligi va ustunlar kengligini o'zgartirish tartibi Jadval protsessorlarida avtomatik rejimda hisoblashni amalga oshirish usullari. Jadval protsessorlari haqida asosiy tushunchalar va ularning turlari. Sizga malumki, WORD matn muharririda xam jadvallar chizish va ular bilan ishlash mumkin edi. Lekin shunga qaramasdan yana bitta amaliy programma - jadval protsessorlari yaratilib, ular jadvallar bilan ish olib borishga muxaxassislashgan. Bir fikrlab ko'rinchi, nima uchun bunday programmalar ishlab chiqarish zarur bo'lib qolgan va nega bunday programmalar xilma xil turdagi mutaxassislar orasida katta muvaffaqiyatga erishgan? Saksoninchi yillar boshidan boshlab iqtisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan maxsus programmalar yaratila boshladi. Bunday programmalar jadval protsessori, variatsion jadval, elektron jadval kabi nomlar bilan yuritila boshladi. Bu programmalar asosan jadval ko'rinishidagi masalalarni yechishga qulay bo'lib, iqtisodiy masalalar yechishdagi barcha xususiyatlarni hisobga ola bordi va rivojlandi. hozirgi paytda ularning bir necha turlari mavjud bo'lib, xar birining o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor. Masalan Supercalk, Quattro Pro, Excel shular jumlasidandir. Lekin shunga qaramasdan, hozirgi paytda eng keng tarqalgan va ishlatiladigan jadval protsessori Excel bo'lib, u barcha Microsoft Office turidagi programmaviy ta'minotning ajralmas qismi sifatida keng miqyosda tarqalgan. Ushbu programma jadvalli hisob-kitoblar bilan bog'liq deyarli barcha masala va muammolarni xal qila oladi, shuning uchun xam uning barcha soha mutaxassislari uchun eng kerakli dasturlardan biri ekanligi aniqlanadi. Muxtaram talaba, edi o'z kursdoshlaringiz va do'stlaringiz bilan bir maslahatlashgan holda Excel dasturining qanday ishlarni bajara olishi haqida fikrlab ko'ring. Jadval protsessorlarida ishlashning asosiy usullari va kerakli amallarning bajarilishi. Jadval protsessorlaridan hozirgi paytda keng tarqalgan Excel programmasida ishlash tartibini ko'ramiz. Har doim Excel programmasi ishga tushirilganda, avtomatik tarzda Book 1 nomli yangi ish hujjati hosil bo'ladi. File menyusidan yangi hujjatni hosil qilish uchun, New direktivini chaqirmoq lozim. Bunda ekranda Book 2 nomli hujjati paydo bo'ladi. Yangi hujjat hosil qilish uchun, asosiy piktografik panelda joylashgan piktogrammada sichqonchani bosish kerak. Diskda joylashgan ish dokumenti faylini kiritish uchun File menyusidagi Open direktivini chaqiramiz. Sichqoncha bilan ham piktogrammani bosishingiz mumkin. Ikkala holda ham Open kiritish faylining muloqot darchasi ochiladi. Darchadagi Drives bo'limida diskni ko'rsatib, o'zingizning faylingiz joylashgan Directories bo'limida direktoriyani tanlashingiz kerak. Agar tanlov to'g'ri qilingan bo'lsa, unda chap bo'limda fayl nomlari paydo bo'ladi, bular ichida qidirilayotgan fayl joylashgan bo'ladi. Kerakli fayl nomini tanlab, unda File Name (fayl nomi) bo'limi paydo bo'ladi. Muloqot darchasini yopish uchun OK tugmasini yoki qidirilayotgan fayl nomida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.43 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.43 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga