Jadval tashkil qilish. Ranglar bilan ishlash. Freymlar tashkil qilish Reja: 1. harakatlanuvchi satrlar yaratish. 2. Rasmlar qo'yish. Videotasvirlarni o'rnatish 3. Rasmlar va videotasvirlarni o'rnatish. FrontPage dasturi jadvallar hosil qilish imkonini ham beradi; jadval qismlarini qo'shish, yacheykalar hosil qilish, birlashtirish yoki ularni bo'lish, yacheykalarni tanlash, qator va ustunlar bilan ishlash kabi amallarni jadval (Table) (5-rasm) menyusidan foydalanib amalga oshiriladi. 5-rasm. Jadval «Tablitsa» menyusi Bunda jadvallar bilan ishlash xuddi MsWord matn muharriridagidek amalga oshiriladi. Jadval yacheykalarining orqa fon rangini o'zgartirish, rasm qo'yish, jadval chiziq turini o'zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Jadvallar bilan ishlash jarayonida unga yangi ustun, yangi satr qo'shish hamda belgilangan yacheykani bir nechta ustun va satrlarga bo'lish ham mumkin. Jadvallar ishlash jarayonida jadvalning har bir yacheykasiga orqa fon va jadval chiziqlarning ranglarini o'zgartirish mumkin. Buning uchun kerakli yacheykaga kursorni olib kelinadi va sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi suzuvchi menyu hosil bo'ladi (6-rasm). 6-rasm.Jadvallar bilan ishlashda hosil qilinuvchi suzuvchi menyu Hosil bo'lgan menyudan Cell Properties buyrug'i tanlansa quyidagicha muloqot oynasi hosil bo'ladi (7-rasm). 7-rasm. Cell Properties muloqot oynasi Bu oynadagi bajariluvchi operatsiyalarning barchasi faqat bitta yacheykagagina tegishli bo'ladi. Agar yuqoridagi suzuvchi menyuda Table Properties buyrug'i tanlansa undagi operatsiyalar butunlay jadval uchun tegishli bo'lib hisoblanadi. Jadval chiziqlarining rangini o'zgartirish Cell Properties (7-rasm) muloqot oynasining Custom Colors bo'limida amalga oshiriladi. Border maydonida chiziq rangi tanlanadi, Light Border va Dark Border maydonlaridan foydalanib yorqin va xira chiziqlar ranglarini ham belgilash mumkin. Jadvallar bilan ishlash HTML tilida qanday amalga oshirilishini ko'rib o'taylik. Jadvallar HTML ning ajoyib qismi hisoblanadi. Uncha katta bo'lmagan bilimga ega bo'lmay turib xam sahifani proyektlashda turli effektlarni hosil qilish mumkin. Jadval teglari orasida joylashadi. Masalan: Bu misol oddiy jadval Zaruriy bo'lmagan BORDER 5 xususiyat jadval ramkasini 5 piksel qalinlikda hosil qiladi. (Agar o'lcham ko'rsatilmasa (keltirilgan misoldagidek), u holda ramka brauzerga bog'lik holda hosil bo'ladi). - jadvalning chegaralanmagan yacheykalari uchun yangi satr hosil qilish; -sarlavxa uchun yacheyka hosil qilish; -oddiy matn uchun yacheyka hosil qilish; ROWSPAN- ustun bo'yicha birlashtirilishi lozim bo'lgan yacheykalar sonini berish; COLSPAN-satr bo'yicha birlashtirilishi lozim bo'lgan yacheykalar sonini berish; Masalan: bushatildi; BGCOLOR-fon rangi-butunlay jadval uchun qo'llaniladi, xudi shunday, xar bir yacheyka uchun alohida-alohida xam qo'llash mumkin. Grafik fayllardan xam fon sifatida foydalanish mumkin: WIDTH - jadval kengligi foiz(%)da yoki pikselda berilishi mumkin. Balandligi HEIGHT ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
210 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
210 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:49 ]
Arxiv ichida: doc