Jadval tushunchasi, jadval teglari, jadvalning tuzilishi, sahifada jadvaldan foydalanish

Jadval tushunchasi, jadval teglari, jadvalning tuzilishi, sahifada jadvaldan foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Jadval tushunchasi, jadval teglari, jadvalning tuzilishi, sahifada jadvaldan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Jadval tushunchasi jadval teglari jadvalning tuzilishi sahifa strukturasida jadvaldan foydalanish Rеja: 1. Jadval haqida tushunchalar. 2. Jadval teglari va uning atributlari. 3. Jadvalning tuzilishi. Sahifa strukturasida jadvaldan foydalanish. Jadvallar, saytni tartibli bo'lishini ta'minlab beradi, shuning uchun ko'p saytlarning asosini aynan jadvallar tashkil qiladi. Maqola to'liq jadvallarga oid teglarga bag'ishlanadi. Jadval yaratishda biz ko'rib o'tadigan teglarning hammasini ishlatish shart emas, bu faqatgina to'liq teglar ro'yxati. Ba'zi teglarni ishlatmasdan, ular bajaradigan ishlarni boshqa teglarning attributlarida ham qilsa bo'ladi. Jadvallar yaratishda asosan table, tr, td teglaridan foydalaniladi, lekin quyida bulardan boshqa teglar ham ko'rsatilgan, bular qonun-qoidali qilib jadval yaratuvchilar uchun kerak bo'ladi. - jadval yaratuvchi teg. Bu teg orqali, jadval yaratilishi boshlanadi, keyin keladigan barcha teglar aynan shu tegni ichida bo'lishi lozim, bu teg quyidagi attributlarga ega. align- jadval joylashuvini o'rnatish, quyidagi qiymatlari mavjud: *left- jadvalni chap tomonga tekislash; *center- jadvalni markazga tekislash; *right- jadvalni o'ng tomonga tekislash. background- jadval foniga qo'yiladigan rasmni ko'rsatish, rasm adresini berish lozim, bgcolor- jadval foniga biror rang berish. border- jadval ramkasi qalinligini belgilash, pikselda qiymat beriladi, bordercolor- jadval ramkasini rangini berish. cellpadding- jadval chegarasidan yozuvgacha bo'lgan masofani o'rnatish, agar o'rnatilmasa, yozuv jadval chegarasiga yopishib yoziladi. cellspacing- agar jadvalning ramka qalinligi o'rnatilgan bo'lsa(border), jadval yacheykasi bilan tashqi chegara orasidagi masofani o'rnatadi. cols- jadval ustunlarini sonini o'rnatish(butun son kiritiladi). height- jadval balandligini o'rnatish. summary- jadval haqida umumiy ma'lumot yozish uchun attribut, oddiy yozuvlardan iborat bo'lishi mumkin, bu attribut brauzerga hech qanday ma'lumot chiqarmaydi. width- jadvalning umumiy uzunligini o'rnatish, piksel yoki foizlarda aks ettirilishi kerak. rules- jadval chegarasini chizig'ini qanday chizish kerakligini qoida sifatida e'lon qilish, bu attribut quyidagi qiymatlarni qabul qiladi: *all- jadvalning har bir yacheyka chegarasini chizib chiqadi(agar border 0 ga teng bo'lmasa, bu qiymat odatiy qiymat hisoblanadi); *groups- faqat guruhli(thead, tbody, tfoot, col, colgroup teglari orqali hosil qilingan guruh) yacheykalarni chenarasini chizish; *cols- ustunlar orasiga chegara chiziqlarini chizish; *none- hech qanday chegara chiziqlari chizmaslik uchun(border=0 bo'lsa, bu qiymat odatiy qiymat hisoblanadi); *rows- qatorlar orasiga chegara chiziqoarini chizadi. - jadvalning yuqori qatorlaridan bir yoki bir nechtasini saqlash uchun ishlatiladi, ya'ni yuqori qatorlarni guruhlash uchun. Bu tegdan asosan CSS stillarini ishlatganda, birdaniga jadvalning yuqori qatorlariga stil berishda ishlatiladi. Uning attributlari quyidagilar bo'lib, bu attributlar faqat shu teg orqali guruhlangan qatorlarga tegishli bo'ladi. align- teg ichidagi qatorlarni tekislash, qiymatlari:left, right, center. bgcolor- teg ichidagi qatorlarning foniga rang berish. valign- vertikal bo'yicha tekislash. - yaratilgan jadvalga nom berish. Uning attributlari: align- berilgan nomni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.85 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.85 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga