Jadvallar redaktorida iqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlash Reja: 1.Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari. 2.Excel muhitiga kirish, fayl yaratish va uni yuklash. 3.Excel da jadvallarni tahrirlash. 4.Excel da menyu bilan ishlash. 5.Excel ning funksiyalar va diagrammalar konstruktorlari. Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari. Excel - bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli programmadir. Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. Excel elektron jadvali quyidagi ko'rinishga ega: Uning yordamida turli ro'yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so'rash natijalari va savdo korxonasi holati haqida ma'lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta ishlanadi, uchyotlar yuritiladi. Excel jadval ustunlari va satrlari bo'yicha yig'indini hisoblaydi, foizlarni, o'rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin. Jadvallarni shakllantirish turlicha bo'lishi mumkin, ma'lumotlarni formatlash imkoniyatlari eng yaxshi tekst-protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o'zgartirish, alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma'lumotlari bo'yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo'shish mumkin. Programmaning keyingi versiyalari juda keng imkoniyatlarga ega. Excel jadval ma'lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik funksiyalarning o'zi ikki yuzdan ortik. Elektron jadvallar hisobot va schyotlarni bosmadan chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, grafik va diagrammalar tuzish tizimlari bilan ta'minlangan. Excel muhitiga kirish, fayl yaratish va uni yuklash. MS Excel ni har bir ishga tushurishda avtomatik ravishda yangi ishchi hujjat yaratiladi va u Book1 (kitob 1) nomga ega bo'ladi. Excel ning uch o'lchovli elektron jadvalining xar bir varag'i 256 ta ustunga va 16384 ta qatorga ega. Ustunlar harflar va harflar kombinatsiyalari bilan nomlangan, bu nomlar ustunlarning sarlavhalari deyiladi. EXCEL - ning ishchi ekrani quyidagi rasmda keltirilgan Excel da jadvallarni tahrirlash Nushalash Jadval elementlarini nushalash uchun albatta markirovka qilinishi kerak. Jadvallarni markirovka qilish qator bo'yicha chap yon tomonidan ustunlar bo'yicha esa bevosita harflar qatoridan o'rnatiladi. Yacheykalar bloki esa sichqoncha ko'rsatgichini bosgan holda surish bilan amalga oshiriladi. Nusha olish. Ajratilgan ustun yoki satrdan nusha olish uchun avvalo nushalash piktogrammasi bosiladi, shunda ajratilgan satr yoki ustun atrofida bilinar-bilinmas harakat paydo bo'ladi. Shundan keyin nusxa joylashishi lozim bo'lgan satr yoki ustunga sichqoncha ko'rsatgichi olib borilib qirsillatiladi va Enter bosiladi. Agar tasodifan kerakli ma'lumot o'chirilgan bo'lsa uni Ctrl+z bilan qayta tiklash mumkin. Alohida olingan katakdagi qiymatlarni sichqoncha bilan qirsillatib so'ngra Del buyrug'i bilan ham o'chirish mumkin. Kataklarni markirovka qilish. Katak kursorini istalgan katakka ( ( ( ( tugmachalari bilan yoki sichqoncha ko'rsatgichi bilan siljitish mumkin. Bir nechta kataklarni markirovka qilish uchun, markirovka qilinmokchi bo'lgan sohaning chap yuqorigi qismi sichqoncha ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
325.13 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
325.13 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc