6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 13-mavzu Jadvallar ustida amallar Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shish Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shish uchun avval yurgich qo'shilishi lozim bo'lgan satr yoki ustunga qo'shni satr yoki ustunga joylashtiriladi. Maket menyusi tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки и столбцы) guruhidan kerakli amal tanlanadi Jadvaldan satrlar yoki ustunlarni olib tashlash Lekin oddiy usulda ularni o'chirib bo'lmaydi. Ba'zan jadvaldagi ortiqcha satr yoki ustunni o'chirish kerak bo'ladi. Shuning uchun quyidagicha amallar bajariladi. Avval yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan satr yoki ustunga joylashtiriladi. Agar bir necha satr yoki ustun o'chirilishi kerak bo'lsa, satrlar yoki ustunlar blokka olinadi. Maket tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки и столбцы) guruhidagi O'chirilsin (Удалить) tugmasi ro'yxatidan kerakli amal tanlanadi, masalan, agar satr o'chirilishi kerak bo'lsa, u holda Satrlar o'chirilsin (Удалить строки) tugmasi tanlanadi. Jadval kataklarini birlashtirish Amaliy ish jarayonida jadvalning bir necha satr va ustunidagi to'g'ri to'rtburchak shaklda blokka olinishi mumkin bo'lgan kataklarni birlashtirish zarur bo'ladi. Jadval kataklarini bo'lish Jadval kataklarini kerakli sondagi katakchalarga bo'lish quyidagicha amalga oshiriladi. 1. Yurgich kerakli katakka joylashtiriladi yoki kerakli satrlar va ustunlar blokka olinadi. 2. Maket tasmasining Birlashtirish (Объединение) guruhidagi Kataklar bo'linsin (Разбиение ячеек) tugmasi tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasiga hosil qilinishi kerak bo'lgan ustun va satrlar soni kiritiladi. Bunda hosil qilinishi kerak bo'lgan satrlar soni qo'shni ustunlardagi satrlar sonidan ortiq bo'lmasligi va qo'shni ustunlardagi satrlar sonining bo'luvchisi bo'lishi lozim. Jadvalda matn gorizontal yo'nalishda chapdan o'ngga, vertikal yo'nalishda yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga yozilishi mumkin. 1-usulda: 1. Yurgich matn yoziladigan katakchaga joylashtiriladi. 2. Maket tasmasining Tekislash (Выранивание) guruhidagi Matn yo'nalishi (Направление текста) tugmasi kerakli yo'nalish aks etguncha bir necha marta tanlanadi. 1. Yurgich matn yoziladigan katakchaga joylashtiriladi. 2. Sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, ekranga kontekst-menyu chiqariladi. 2-usulda: 3. Ekranda aks etgan jadvalga mos kontekst-menyudan Matn yo'nalishi (Направление текста) amali tanlanadi. Natijada ekranda matn yo'nalishini tanlash muloqot oynasi aks etadi. 4. Ekranda aks etgan muloqot oynasidan matnning kerakli yo'nalishi tanlanadi va Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi. Savol va topshiriqlar 1. Jadvallar ustida qanday amallar bajariladi? 2. Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shishni amalda ko'rsatib bering. 3. Jadvaldan ortiqcha ustun yoki satrlar qanday olib tashlanadi? 4. Jadvalda blokka olish usullarini amalda ko'rsating. 5. Jadval kataklari qanday birlashtiriladi? 6. Jadval kataklarini bo'lishni amalda ko'rsating. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: pptx