Jahon miqyosidagi va regional informatsiya uzatish va almashinuv tizimi haqida tushuncha

Jahon miqyosidagi va regional informatsiya uzatish va almashinuv tizimi haqida tushuncha

O'quvchilarga / Informatika va AT
Jahon miqyosidagi va regional informatsiya uzatish va almashinuv tizimi haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

jahon miqyosidagi va regional informatsiya uzatish va almashinuv tizimi haqida tushuncha Reja: Internet tizimi haqida tushuncha Ismlarning domenli sistemasi va uning mohiyati Internetning asosiy protokollari Elektron pochta va telekonferensiya haqida tushuncha World Wide Web da ishlashning asosiy usullari. Internetning boshqa foydali amaliy dasturlari. Internet resurslari va ular bilan ishlash. Internet tizimi haqida tushuncha Siz Internet tizimi haqida juda ko'p eshitgansiz va bazida uning xizmatlaridan foydalangansiz xam. Nima uchun hozirgi paytda internet juda xam ommaviylashib ketdi va nima uchun barcha soha xizmatchilari uning xizmatidan keng miqyosda foydalanadilar? Internet nima va u qanday qilib xilma xil turdagi xizmat turlarini taklif eta oladi? Internetning qanday asosiy xizmat turlarini bilasiz? Elektron pochta, telekonferensiya, videokonferensiya va chatlar haqida nimalar deya olasiz? Ushbu muammoli savollar ustida biroz bosh qotirib ko'ring va so'ngra fikrlaringizni talaba o'rtoqlaringiz bilan bo'lishing. Keyin quyidagi matnni o'qib, unga yana nimalar qo'shish yoki yana nimalarni biroz o'zgartirish mumkinligi haqida fikrlang. Keyingi yillarda «Internet» deb nomlangan xalqaro kompyuter aloqasi tizimi juda katta tezlik bilan rivojlanib, keng miqyosli aloqa vositasi maqomiga ega bo'ldi va uning foydalanuvchilari soni kundan-kunga ko'payib ketdi. Xar kuni uni materiklardagi insonlarning bevosita muloqoti uchun juda qulay vosita bo'lib bormoqda. Mamlakatlar orasidagi masofa, siyosiy tuzum xilma-xilligi va ulardagi qonunlarning bir-biridan tubdan farq qilishiga qaramay, insonlar «Internet» tizimi orqali erkin muloqot qilish va fikr almashinish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu tarmoq bilan ishlamoqchi bo'lgan xilma-xil sohalarning mutaxassislari xech qiynalmasdan ishlashni, uning ishonchli bo'lishini, ma'lumotlar bazasiga kirishga, undan foydalanishga xech qanday to'siqlar bo'lmasligini xoxlaydilar, albatta. Shu bilan birga ular o'z asosiy sohalaridagi mutaxassisliklarini o'zgartirilmagan holda tizimda faoliyat ko'rsatishni istaydilar.Yani, ular kompyuter sohasida ikkinchi mutaxassislikga ega bo'lib, yuqori malakali mutaxassis bo'lishni aslo istamaydilar. Chunki bunga ko'p kuch, mablag' va vaqt sarf qilish lozimligi xammaga xam ayon. Ular iqtisodchiliklaricha, buxgalterliklaricha, o'qituvchi, adabiyotchi, fizik yoki ximikliklaricha qolishni istaydilar. Lekin shu bilan birga ular tarmoq ta'minlab beradigan ma'lumotlarga juda xam muhtojdirlar. Biz ushbu bobdagi ma'lumotlarni xuddi shu turdagi keng kitobxonlar ommasiga bag'ishlanganmiz. «Internet» tarmog'i quyidagi turdagi mutaxassislar uchun potentsial va foydali ma'lumotlar manbai bo'lishi mumkin: Fan va texnikada katta natijalarga erishishni va yangiliklar yaratishni maqsad qilib qo'ygan ilmiy xodimlarga, Fandagi eng ilg'or yangiliklarni bilgan holda, yangi o'quv dasturlari yaratmoqchi bo'lgan o'qituvchilarga, Biror-bir muammo ustida bosh qotirayotgan yuristlarga, o'zga o'xshagan yo'nalishda faoliyat olib borayotgan xamfikrlarini topish orzusida yurgan jamoa a'zolariga, yaxshi mutaxassis bo'lib etishishni, chet eldagi o'quv yurtlarida o'qishni va fanlarni jahon talablari darajasida o'zlashtirishni orzu qilgan talabalarga, boshqa yo'nalishlardagi turfa xil insonlarga, xalqaro miqyosda faoliyat ko'rsatmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga. Masalan, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.89 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.89 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga