Jamiyatni axborotlashtirish, informatsion jarayon haqida tushuncha Reja: 1. Jamiyatni axborotlashtirish, ilg'or axborot texnologiyasini joriy etish zaruriyati. 2. Informatsion jarayonlarning rivojlanish bosqishlari. 3. Fanning predmeti va mazmuni. O'zbekiston qishloq xo'jaligi iqtisodiy erkinlashtirish sharoitida jadal rivojlanib bormoqda. Qishloq xo'jaligining har bir sohasida yuqori ko'rsatkishlarga erishilmoqda. Shu bilan birgalikda zamonaviy texnik vositalardan mukammal foydalanishni biluvchi malakali mutaxassislarga ham talab oshib bormoqda. Korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalardan, ilg'or konstruksiyalimateriallardan foydalanish dasturlarini amalga oshirish natijasidagina mehnat unumdorligii o'stirish,mahsulot sifatini yaxshilash, aholining xarid talabini qondirish, ilm-fan ishlab chiqarish tarmoqlarini, ayniqsa elektronika, asbobsoslik hisoblash texnikasi, aloqa vositalari ishlab chiqarishlarini rivijlantirish vasifasi kelib chiqadi. Bularning hammasi axborotlashtirishning ulkan imkoniyatlaridan eng samarali foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o'tish davridagi jarayonlariga ta'sirini kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirilmoqda. Axborotlantirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgandir. Axborotlar texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi: 1. Axborotni yig'sh va ro'yxatdan o'tkazish. 2. Uni qayta ishlash va joyiga uzatish. 3. Ma'lumotlarni kodlantirish. 4. Ma'lumotlarni saqlash va izlash. 5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash. 6. Axborotlarni chop etish va axborotdan foydalanish. 7. Qaror qabul qilish va boshqaruv ta'sirini ishlab chiqish. Ma'lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishda ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba'zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilish har xil bo'ladi. Shu o'rinda ba'zi jarayonlat qaytarilishi mumkin. Jarayon tarkibi, ularningt shakllanishi va xususiyati ko'p jihatdan iqtisodiy obyektga bog'liq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatini ko'rib chiqamiz: Axborotni yig'sh va ro'yxatdan o'tkazish; axborotni yig'sh va ro'yxatdan o'tkazish har xil iqtisodiy obyektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xo'jaligi obyekti faoliyatini aks etgan boshlang'ch iqtisodiy hisobotni yig'sh va ro'yxatdan o'tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir. Shu o'rinda boshlang'ich ma'lumotning ishonchli, to'liq va mukammal bo'lishiga katta e'tibor beriladi. Korxonada axborotni yig'ish va ro'yxatdan o'tkazish har xil xo'jalik operatsiyalarini bajarish vaqtida sodir bo'ladi. Masalan:tayyor mahsulotlarni qabul qilish, yuborish va boshqalar. Avval axborot yig'iladi, keyin mustahkamlanadi. Keltirilgan hisobotlar, misol uchun, ish joylarining o'zida ishlab chiqarilgan detallar, brak detallarning soni va boshqalar hisoblashnatijasida lelib chiqadi. Haqiqatdan axborotni yig'sh uchun o'lchash ishlari, hisob-kitob, material obyektlarini taqqoslash, alohida bajaruvchilarning vaqtinchalik va sonli xarakterdagi ishlarini hisob-kitob qilish kabilar amalga oshiriladi. Axborotni yig'ish uni ro'yxatdan o'tkazish bilan birga olib boriladi. Boshlang'ich hujjatlarga yozish asosan qo'lda bajariladi, shuning uchun yig'sh va ro'yxatdan o'tkazish jarayonlari hozircha mehnat talab etiladigan ishligicha qolmoqda. Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan sharoitida asosiy e'tibor axborotlarni ro'yxatdan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.16 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.16 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc