Jamiyatning axborot imkoniyatlari

Jamiyatning axborot imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Jamiyatning axborot imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Jamiyatning axborot imkoniyatlari Reja: Axborot zahiralari Axborot mahsulotlari va xizmat ko'rsatish Axborot mahsulotlari va xizmat ko'rsatish bozori Axborot zaxiralari Moddiy ishlab chiqarishga yo'naltirilgan sanoat jamiyatida bir necha asosiy iqtisodiy zahira turlari malum, yani: Moddiy zahiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo'ljallangan mehnat predmetlari yig'indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilgi, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va haka'zolar. Tabiiy zahiralar - kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan tabiat obyektlari, sharoitlaridir. Mehnat zahiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma'lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir. Moliyaviy zahiralar - davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo'lgan pul mablaglaridir. Energetika zahiralari - energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko'mir, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va xaka'zolar. Axborotlashgan jamiyatda yuqorida ko'rsatilgan an'anaviy zahiralarga nisbatan axborot zahiralariga etibor oshadi. Axborot zahiralari oldindan bo'lgan bo'lsa ham, ularni iqtisodiy yoki boshqa kategoriyaga kiritish, ta'rif berish kabi ishlar bajarilmagan edi. Jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari tushunchasidir. Bu tushuncha axborot jamiyatiga o'tish jarayoni boshlagandan buyon muxokama bo'lib kelmoqda. Axborot zahirasi tushunchasi bo'yicha bir nechta maqolalar, monografiyalar va boshqa ishlanmalar yozilgan. Bu ishlanmalarga berilgan tushunchalarga asoslanib, quyidagi ta'rifni keltiramiz. Axborot zahiralari - hujjatlar va hujjatlar to'plamlari, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma'lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari)dagi hujjatlar va hujjatlar to'plamlaridir. Bu hujjatlarda insonlar o'z bilimlarini ifoda etishgan. Shuning uchun axborot zahiralari insonlar tomonidan ijtimoiy foydalanish uchun tayyorlangan va biror tashuvchida yozilgan bilimlar to'plami deb talqin qilinishi maqsadga muvofiqdir. Jamiyatning axborot zahiralarini bilim nuqtai nazaridan qaraladigan bo'lsa, bu zahiralarni to'plagan, umumlashtirgan, tahlil etgan va yaratgan insonlardan ajratiladi. Natijada, bu bilimlar hujjat, ma'lumotlar bazasi, bilimlar bazasi, algoritm, komppyuter dasturlari hamda san'at, adabiyot, fan asarlari sifatida moddiylashadi. Axborot zahiralarining sifat va miqdor ko'rsatkichlarini hamda ularga jamiyatning ehtiyojini baholash uslubiyoti ishlab chiqilmagan. Bu muammo axborot zahiralarining samaradorligini pasaytiradi va sanoat jamiyatidan axborotlashgan jamiyatga o'tish davrini uzaytiradi. Bundan tashqari, axborotlashgan jamiyatda axborot zahiralarini ishlab chiqish va tarqatish ishlariga qanday hajmdagi mehnat zahiralarini jalb qilish kerakligi ham nomalumdir. Albatta, bu muammolar o'z vaqtida yechimini topadi. Mamlakatning, regionning, tashkilotning axborot zahiralari (xom-ashyo, energiya, mehnat va boshqa zahiralar)ga strategik zahiralar sifatida qarash kerak. Jahon axborot zahiralarining taraqqiyoti quyidagi imkoniyatlarni yaratdi: axborot xizmat ko'rsatishni global faoliyatga aylantirdi; jahon miqyosida va mamlakat ichida axborot bozorini tashkil etdi; davlat va regiondagi turli axborot zahiralari bazasini va ularga unchalik qimmat bo'lmagan kirishni tashkil etdi; kerakli axborotni o'z vaqtida ishlatish yo'li bilan firma, bank, birja, ishlab-chiqarish, tijorat va boshqalarda qaror qabul qilishning tezkorligini va asosligini oshirdi. Axborot mahsulotlari va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.85 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.85 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga