Jamoatchilik fikri va jamiyatning axborot-psixologik himoyasining ta'minlanishi. Reja: 1. Jamoatchilik fikri va uning jamiyat ijtimoiy hayotidagi o'rni. 2. Jamoatchilik fikrini o'rganish va ijtimoiy fikrning shakllantirish mexanizmi. Axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi bugungi kunda favqulodda muhim ahamiyatga egadir. Axborot xavfsizligini samarali ta'minlash esa jamoatchilik fikri fenomenini chuqur anglashni taqozo etadi. Jamoatchilik fikrini o'rganish ehtiyoji esa bir tomondan, davlat va jamiyat tuzilmalarining demokratiya tamoyillariga nechog'li asoslanishiga, ikkinchi tamondan esa mavjud empirik manbalarni ilmiy analitik mushohadalash, nazariy qayta ishlash, sintezlash holatlariga bevosita bog'lik, holda shakllanadi. Ana shu ikki jihatlardan biror biri bo'lmasa jamoatchilik fikrini o'rganish xam uni demokratik uslublarda shakllantirish ham samarali kechmaydi. Jamoatchilik fikri ijtimoiy ongdan ham davlat yoxud tuzumning direktiv qarashlaridan ham, yoki alohida shaxs fikr-qarashlaridan ham farq qiladi. Jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning hosilasi, jamiyat turli tabaqalarining fikr-qarashlari, munosabatlarining real va umumlashma ifodasidir. Jamoatchilik fikri muayyan ijtimoiy-siyosiy holat, turmush tarzi, iqtisodiy o'zgarishlar xususida umumiy yoki bir necha xil munosabatlarga, mavjud holatlarning kelib chiqish sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, muammoning yechimiga xilof bo'layotgan omillar borasida esa mutlako qarama-qarshi hamda o'zgaruvchan qarashlarga ega bo'ladi. Jamoatchilik fikrining tez o'zgaruvchan tabiati xam uni ijtimoiy ongning faol qismi sifatida xarakterlaydi. Ayni chog'da, jamoatchilik fikrining o'zgaruvchanlik tabiatiga ta'sir o'tkazish uni muayyan me'yorlarda ushlab tura olish hamda maqsadli shakllantirish davlat, jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta'minlash kafolati ham sanaladi. Mamlakatda amalga oshiralayotgan barcha islohotlar, maqsadli ijtimoiy o'zgarishlar, yangilanishlar jarayoni jamoatchilik fikrida namoyon bo'ladi. Shu boisdan, jamoatchilik fikrini xaotik asoslarda, yohud inertsion tarzda shakllanishiga yul qo'yish kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Tarixda sobiq sho'rolar hukumatining so'nggi liderlari tomonidan amalga oshirmoqchi bo'lgan qator loyihalar, ijtimoiy o'zgarishlar islohotining inqirozga yuz tutganligi fikrimizning dalili bo'la oladi.(masalan, qayta qurish dasturini amalga oshirish orqali sobiq siyosiy tuzum asoslarini mustahkamlashga urinish, Sibir daryolarini burish, anglangan ehtiyojlarini shakllantirish, alkogolizmga qarshi kurash harakatlari va x,.k.) Shu boisdan xam, islohotlarni amalga oshirish jarayonlarini jamoatchilik fikrida qanday namoyon bo'layotganligi, uni qanday shakllantirish, ommani yangilanishlar ruhida tarbiyalash va eng muhim jihatlardan biri bo'lgan axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari yurtboshimizning diqqat-e'tiborida bo'lib kelayotganligi bejiz emas. Yaqin o'tmishimizdan ma'lumki, sho'rolar davrida jamoatchilik fikriga hukumatning xech qanday e'tirozlarga o'rin qoldirmaydigan direktiv ko'rsatmalari, maxsus siyosiy-nazariy yo'nalishlar orqali uzluksiz ravishda ta'sir o'tkazilib kelinar edi. Buning uchun esa o'ziga xos ikki bosqichli ta'sir uslubi amalga oshirilar edi. Birinchi bosqichda vertikal ta'sir uslubi, ya'ni eng yuqoridan eng quyi bo'g'inlargacha davlat tomonidan rejalashtirilgan xukmron fikr tazyiqi tizimiy tartiblarda mukammal dasturlar asosida amalga oshirilsa, ikkinchi bosqichda gorizontal ta'sir uslublari ishga tushirilib, ishlab chiqarish korxonalari, ta'lim tizimi muassasalari, jamoat tashkilotlarida «buyurtma» qilingan siyosiy fikr alohida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.03 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.03 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc