Reja: Jarayon va prgramma o'rtasidagi farq Jarayonlarni amalga oshirish usullari O'qish va yozish jarayonini amalga oshirish Jarayon (yoki topshiriq) deb ayni paytda yechimda bo'lgan programmaga aytiladi. Hisoblash ishlarini amalga oshirish uchun OS har bir jarayonga markaziy protsessorni ajratadi. Bir programmalik OSda faqat bitta foydalanuvchi jarayoni bo'ladi. Multiprogrammali OSda markaziy protsessorga va boshqa resurslarga bir nechta o'zaro bog'liq bo'lmagan jarayonlar da'vogar bo'lishi mumkin. Jarayonlarni rejalash qandaydir rejalashtirish strategiyasiga asosan o'zaro raqobat qiluvchi bir nechta jarayon o'rtasida markaziy protsessor resurslari taqsimotini boshqarishga aytiladi. Jarayon foydalanuvchi topshirig'i hisoblana boshlaganda paydo bo'ladi va topshiriq tugashi bilan yo'qoladi. Jarayon mavjud paytda 3 holatda bo'ladi. Jarayon aktiv bo'ladi, agar u markaziy protsessordan (o'z buyruqlarini bajarish uchun) foydalanayotgan bo'lsa, jarayon to'xtatilgan (blokirovka qilingan) deyiladi, agar uning bajarilishi ma'lum bir shart bajarilgandan keyingina davom ettirilishi mumkin bo'lsa. To'xtatilmagan va aktiv bo'lmagan jarayonga tayyor holdagi jarayon deyiladi. Quyidagi rasmda bir holatdan ikkinchi holatga o'tish ko'rsatilgan: Har qanday vaqt momentida bitta jarayon aktiv bo'ladi. Operatsion tizim boshqaruvini foydalanuvchi jarayoniga uzatganda interval taymerini o'rnatadi (aniqlaydi). Shu orqali topshiriq uchun markaziy protsessordan foydalanishga ajratilgan maksimal vaqtni- vaqt kvantini aniqlaydi. Bu vaqt tugashi bilan jarayon aktiv holatdan tayyor holatga o'tadi. Keyin OS rejalashtirish strategiyasiga ko'ra navbatdagi jarayonni tanlaydi (tayyor holatdagi) va uni aktiv holatga o'tkazib, unga boshqaruvni uzatadi. OSning funksiyasiga dispetchirlik deyiladi. Shunday bo'lishi mumkinki, jarayon o'ziga ajratilgan maksimal vaqtdan to'liq foydalanmagan (ishlatmagan ) holda qandaydir shart bajarilishini kutish mumkin, bunda jarayon to'xtash holatiga o'tkaziladi va qandaydir boshqa jarayon aktivlashadi. Kutilgan holat yuzaga kelganda to'xtatilgan jarayon aktivlashishiga da'vogar bo'lishi mumkin. Bir jarayon tugaguncha bir necha marta aktiv-to'xtatilgan-tayyor holatlarda bo'lishi mumkin. Bu holatlar hisoblash natijasiga ta'sir qilmasligi uchun uning holati saqlab qolinishi kerak. OSda har bir jarayonning holati Jarayon holati blokida (PSB) saqlanadi. Unda jarayon qaysi holatda bo'lganligi, mashina registrlarini saqlash adresi va boshqa ma'lumotlar saqlanadi (PC va SW qiymatlari). PSB uchun zarur ma'lumotlarni OT quyidagilardan olishi mumkin: Vaqt kvanti bo'yicha ma'lumotni taymer bo'yicha uzilish sohasidan; Boshqaruv uzatilgan jarayon haqidagi ma'lumotni SW uzilish sohasidan oladi. Dispetchirlikda foydalniladigan algoritmning umumiy ko'rinishi : Procedure Dispatch; Aktiv jarayon PSBsi yangilansin (aktiv jarayon bo'lsa); Navbatdagi tayyor jarayon tanlansin va unga boshqaruv uzatilsin; If taymer jarayon topilgan bo'lsa then Begin Tanlangan jarayon Aktiv deb belgilansin; STI buyrug'i bilan vaqt kvanti o'rnatilsin; LPS buyrug'i bilan tanlangan jarayonga boshqaruv uzatilsin; end else LPS buyrug'i bilan markaziy protsessor bo'sh holatiga keltirilsin. Boshqaruv bir jarayondan ikkinchisiga uzatilganda, shu jarayonning qanday sabab bilan to'xtatilganligiga qarab PSB uchun zarur ma'lumotlarni quyidagilardan olinishi mumkin: vaqt kvanti ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.19 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
113.19 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc