JavaScript dasturlash tili. Skriptlarni dasturlash tillari. JavaScript da tuzilgan dasturlarni HTML-sahifaga kiritish Reja: DHTML tushunchasi JavaScript JavaScript ni ishga tushirish Tayanch iboralar: Web-sahifa, JavaScript, dasturlash tili, skriptlar, versiya, HTML tili,kodi, konstruksiya, brauzer, JavaScript kodi, DHTML va h.k. JavaScript- bu 1995 yilda Netscape firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va skriptlar tuzish Uchun mo'ljallangan yangi dasturlash tilidir. Uning yordamida interaktiv Web- sahifalar yaratish mumkin. Quyida siz JavaScript yordamida qanday ishlar qilish mumkinligini ko'rib chiqamiz. JavaScript- bu dasturlash texnologiyasi bo'lib,HTMLhujjatlarni yaratishda ishlatiladi. Unda makrobuyruq texnologiyasi, yani bir necha buyruqni birmakrobuyruq shaklida tasvirlash keng qo'llanilgan. Bu makrobuyruq matnlari maxsus qoidalar asosida yoziladi. Va u HTML hujjatga kiritiladi. JavaScriptning boshqa versiyalari xam mavjud bo'lib, ular Icript, VB Script(Virsual Basic Script) va boshqalar. HTMLning JavaScript kiritilgan joyda quyidagicha ko'rsatiladi: JavaScript - bu Java emas! Ko'pgina foydalanuvchilar JavaScript dasturlash tilini bu Java tilining o'zginasi deb hisoblashadi (bu ikki tilning nomida o'xshashlik borligi uchun). Lekin bu unday emas. Biz bu darsda JavaScript va Java ning barcha farqlarini ko'rib o'tmaymiz, faqat shuni yodda tutingki bu ikki til umuman boshqa-boshqadir. Agar bu ikki tilning farqi va o'xshash tomonlarini bilmoqchi bulsangiz Netscape firmasining saytiga yoki ushbu mavzuga tegishli saytlarga murojaat qilishingiz mumkin. DHTML tushunchasi. HTML tili vaqt o'tishi bilan mukammalashib bormoqda va uning imkoniyatlari oshib boraveradi. DHTML (Dynamic HTML)- HTML hujjatning yangi ko'rinishidir. U quyidagi yangiliklarni amalga oshiradi: - HTML -hujjatni ko'rishda mumkin bo'lgan hodisalar sonini kengaytirish. - HTML- hujjatga uning mos elementining parametri bo'lgan formatlash stilini, yani harf o'lchovi, matn rangi, abzats cheknishilari va h.k. imkoniyatini kiritish. Stilli formatlash, HTML hujjat ichida matnni rasmiylashtirish, variantlarini tasvirlash uchun xizamat qiladi. Bu esa HTML ichida mustaqil ravishda shriftlarni o'lchamini, abzats cheknishlarini, elementlarning ramkasi, ranglarini va boshqalarni berish imkoniyatlarini tug'diradi. Brauzer dastur ko'rib chiqadigan hodisalar sonini ko'paytirish hujjat dizaynini yaxshilashga olib keladi. Bunday ikoniyatlar, yani DHTML andozani qo'llash faqat MS Internet Exploler 4.0 dan boshlab amalga oshirildi. Oldingi brauzerlar DHTML ni qo'llab-quvatlamasligini esda saqlash lozim. JavaScript xam dasturlash tiliga o'xshab ketadi. U o'z tashkil etuvchilarigaega. Uning tashkil etuvchilari o'zgaruvchilar, massivlar,operatorlar, obyektlar, funksiyalar, hodisalar, komentariyalar va h.k. JavaScript da kichik va katta harflar farqlanadi. Bundan tashqari interpretator dasturi bo'shliqlarni inobatga olmaydi, har bir operator « ; » bilan tugashi talab qilinadi. Agarda yangi satrdan yozilgan bo'lmasa. O'zgaruvchilar. O'zgaruvchilar nomlari albatta harflardan yoki chizish belgisi bilan boshlanishi lozim. O'zgaruvchilar tasvirlanishi tavsiya etiladi. Bunda o'zgaruvchilar butun, haqiqiy, satriy, mantiqiy qiymatlar ko'rinishida bo'lishi mumkin. O'zgaruvchilar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
760.59 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
760.59 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc