JavaScript tili. Brauzerning obyektli modelidan JavaScript da foydalanish. Window, Document, Link, Anchor, History obyektlari - xossalari, usullari, hodisalar Reja: Brauzerning obyektli modeli JavaScript da obyektlar ierarxiyasi Tayanch iboralar: Web-sahifa, JavaScript, dasturlash tili, skriptlar, versiya, HTML tili, kodi, konstruksiya, funksiya, JavaScript kodi, JSP buyruqlari, uslublar, freymlar, obyektlar ierarxiyasi va h.k. obyekt. obyektning xossalari deb ataluvchi bazi bir berilganlarning (hujjat, oy-yillar, ko'rinishlar va b.) majmuidir. Masalan. hujjatning obyekt quyidagi xossalarga ega: matn rangi, fon rangi, oxirgi o'zgartirish sanasi, hujjat o'tgan URL va shunga o'xshash masalalar. hodisalar. Hodisalar JavaScript elementi bo'lib, ular kerakli amallarni malum vaqtlarda ishlatish imkoniyatini beradi. Masalan. obyekt ustida bajariladigan hodisalar majmui. hodisalar va ularni ishlab chikaruvchilar JavaScript tilida dasturlashtirishning eng zarur kismi hisoblanadi. hodisalar foydalanuvchining u yoki bu harakatlaridan tashkil topadi. Agar u kaysidir tugmani bossa, murojaatini kesib utsa, Mouse Over hodisasi yuz beradi. hodisalarning bir necha turlari mavjud. Biz JavaScript dasturimizda ulardan bir nechtasini bajarishimiz mumkin va buni hodisalarni ishlovchi maxsus dastur yordamida amalga oshirishimiz mumkin. Demak, tugmachani bosish orqali tushib ketuvchi oyna hodisasini yaratish mumkin. Bu shuni anglatadiki, Click - bosish hodisasi bilan oyna yaratish reaksiyasi bo'lishi kerak. Joriy vaqtda biz ishlatishimiz kerak bo'lgan dastur - hodisalarni ishlab chikaruvchi OnClick deb ataladi. Va u kompyuterga hodisa ruy berganda nima qilish kerakligini xabar beradi. Berilagan misol bir nechta yangi xususiyatlarga ega, ularni tartib bo'yicha ko'rib chiqamiz. Birinchi yangi xususiyat bu OnClick=alert('Y0') bo'lib u tegiga tegishli. Aytib utganimizdek, bu tugmani bosganingizda nima sodir bo'lishini aniklang. !-- hide Function calculation() Var x=12;Var y=5;Var result=x+y; Alert (result); - - Bu yerda tugmachani bosish bilan calculation() funksiyasini chiqarish jarayoni ruy beradi. Sezgan bulsangiz, bu funksiya x,y va result o'zgaruvchilaridan foydalanib, qo'shish amalini bajaradi. o'zgaruvchilarni var kalit so'zi bilan elon qilish mumkin. o'zgaruvchilar turli kattaliklarni son, satr va xakozalarni saqlash uchun ishlatiladi. Skriptning var result = x+y satri brauzerga result o'zgaruvchisini hosil qo'shish va unga x+u arifmetik amalni joylashtirishni (5+12) xabar beradi. Bundan sung result o'zgaruvchisi 17 qiymatni oladi. Bu holda alert (result) va alert(17) buyrugi bir xil vazifani bajaradi. boshqacha qilib aytganda, bu 17 son yozilgan darchaga ega bulamiz. JavaScript da obyektlar ierarxiyasi JavaScript tilida barcha web-sahifadagi barcha elementlar ierarxik tuzilishda joylashtiriladi. Xar bir element obyekt sifatida namoyon bo'ladi. Va xar bir shunday obyekt malum xususiyat va uslub (metod)larga ega bo'ladi. JavaScript tili nuqtai nazaridan brauzer oynasi-bu qandaydir Windows obyektidir. Ushbu obyekt ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
125.83 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
125.83 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc