Jurnal dizayni Reja: Jurnalning chop qilinishidan maqsad Jurnal sahifalarida turli xil shriftlardan foydalanish Jurnalning chop qilinishidan maqsad Jurnal so'zi fransuz tilidagi journal so'zidan olingan bo'lib, dnevnik, kundalik daftar manosini bildiradi. Eng dastlabki jurnallar kitoblarning ko'rinishi va tuzulishiga juda o'xshash bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan odamlarning axborotga bo'lgan talabi ortgan sari gazetalar o'zining hajmini kattalashtirgan, uning sarlavhalari katta shriftlarda berila boshlagan, kolonkalarga bo'lingan holda sahifalangan. Jurnal esa asosiy etiborni tahliliy ma'lumotlarga qaratib, sahifasini ko'paytirgan. Umumiy auditoriyaga ega bo'lgan jurnallar juda kamdir, ularning ko'pchiligi maxsus tipdagi o'quvchilar (olimlar, tibbiyot xodimlari, ayollar va h.k.) uchun mo'ljallanadi. Jurnallarning deyarli hammasi ranglidir va unga ishlatiladigan qog'oz gazetanikiga nisbatan sifatlidir. Ayni vaqtda ko'pchilik dizaynerlar jurnallarni verstkalashda aniq va standart usul bor yoki yo'qligi xususida bahslashadi. Jurnal redaktori bilan dizaynerning (verstalshik) suhbatiga etibor qarating: - Men shuncha matnni bitta sahifaga joylashtira olmayman. - Nimaga? - Bizning asosiy shriftimizda bitta sahifaga bu matnning uchdan ikkisini qo'yish mumkin. Yana rasm va sarlavhalari bor. - Shunda nima qilmoqchisiz, shu zavodning bosh direktori tasdiqlagan reklama matnini qisqartirmoqchimiz? - Bizning shriftda sahifaga sig'maydi. - Unda shriftni kichraytiring. - Yo'q, bo'lmaydi. Asosiy shrift hamma sahifada bir xil razmerda bo'lish kerak. - Bo'lmagan gap, shriftning bir xil bo'lishi kerakligi to'g'risida qaerda aytilgan? Bizniki hamma sahifasi bir xil bo'ladigan kitob emas, jurnalku? - Davlat standartida aytilgan, va hammada shunday qabul qilingan. - Hech narsa bo'lmaydi. Hozir o'quvchiga sahifani ochishga hojat qolmaydigan va ko'proq ma'lumot beradigan zamon. Asosiysi, psixologlar ham shuni takidlayapti. Bo'lmasa biz o'quvchilarni zeriktirib qo'yamiz va ular bizning jurnalimizni o'qimay qo'yishadi. - Ha, lekin bunaqa mayda shrift ularni battar bezdiradi. - Qani mayda, qog'ozga chiqqanda unchalik bilinmaydi. Men normalno o'qiyapmanku. - Baribir bunday qilib bo'lmaydi - bu noto'g'ri va xunik. - Mustaqil jurnal har bir materialni qanday uzatishni o'zi biladi. Men shuning uchun pul sarflayapman va reklama beruvchilar ham pul to'layapti, nima qilib bo'lsayam shu matnni bitta sahifaga joylashtiramiz. Bazi o'quvchilarga jurnallarning faqat bir xil standartda bo'lishi maqul bo'lar ekan. Aytish mumkinki, ularni verstka qilish uchun maxsus ko'rsatgichlardan foydalanilmaydi, faqat bazilari yo'nalish beruvchi shablonlarni ishlatadi xolos. Avvalo jurnalning chop qilinishidan maqsad tahririyat o'zining va o'quvchilarning manfaatidan kelib chiqqan holda ularga qiziqarli ma'lumotlarni etkaza olishdir. Demak, jurnal dizaynidan uning maqsadini alo darajada bajarishiga xizmat qilishi talab qilinadi. Shunday ekan har bir nashr o'zining malum talablariga ega, bu talablar esa ularning tajribalari orqali erishilgan. Verstkasining qanday bo'lishi jurnalning o'quvchilarining kim ekanligiga bog'liq. Sobiq tuzum davridagi jurnallarga nazar solsak, mutaxassislar chuqur ilmiy-tahliliy jurnallar uchun unchalik ham bezak berish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc