Kabellarni yotqizish

Kabellarni yotqizish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kabellarni yotqizish - rasmi

Material tavsifi

Kabellarni yotqizish Reja: Telefon kabel kanalizatsiyasiga kabel yotqizish jarayoni va unga tayyorgarlik ko'rish Eski kabelni kabel kanalizatsiya quvur ichidan chiqarib olish. Yer osti kanallarini yotqizish Telefon kabel kanalizatsiyasiga kabel yotqizish jarayoni va unga tayyorgarlik ko'rish. Kabellarni telefon kabel kanalizatsiyasiga yotqizish uchun kanal quvurlarini tayyorgarlik ishlarini bajarish jarayonidan boshlanadi. Kanallarni tayyorlash jarayoni quyidagilardan foydalangan holda bajariladi: - 4.1 - rasmda ko'rsatilgan vintli tayoqlardan foydalangan holda olib borilib u juda ham ko'p vaqt va mehnat talab etsa ham har qanday uzunlikdagi oraliq hamda juda ham ifloslanib kir bo'lgan kanallar uchun qo'llash mumkin. 4.1 - rasm. Vintli tayoq. - Juda ham ingichka shisha tolali o'zak ko'rinishida bo'lib uning diametri 611 mm hamda uzunligi 200 metrgacha borib, uning ustiga polietilen qoplanib u qobiq vasifasini bajaradi. Bunday o'zak diametri 1.2 metrdan ortiq bo'lmagan aylanuvchi tamburga o'ralgan (4.2 - rasm), bundan tashqari tamburda o'z - o'zidan aylanib ketish oldini oluvchi qurilma o'rnatilgan. Hozirgi paytda tamburga o'ralgan shisha plastikli o'zak telefon kabel kanalizatsiyasining kanallarini tayyorlash uchun eng ilg'or usullardan hisoblanadi. 4.2-rasm. Kanalizatsiya kanal quvurini tayyorlash uchun qo'llanuvchi egiluvchi shishia tolali o'zak: 1- o'zak; 2- tambir. - ko'ndalang kesim yuzasi tasmasimon ko'rinishdagi egiluvchi tasma (4.3 - rasm ). Bu usul ancha oson va ancha ishlab chiqaruvchi bo'lsa ham bir muncha kamroq hollarda qo'llanilmoqda, chunki bu usulni faqatgina toza kanallar uchun qo'llash mumkin bo'lib, uning uzunligi 70 metrdan oshmagan oraliqlar uchun foydalaniladi. 4.3-rasm. Unchalik katta bo'lmagan uzunlikdagi kanallarni tayyorlash uchun qo'llanuvchi egiluvchan po'lat tasma. - diametri 56 mm bo'lgan egiluvchi po'lat sim, bunday sim yordamida toza va juda ham qisqa kanallardan iborat bo'lgan oraliqlarda - 3035 metr bo'lgan joylarda kanallarni tayyorlash mumkin; - tahminiy sxema 6.4 -rasmda keltirilgan pnevmokanal o'tuvchi qurilma, bunday qurilmaning ishlashi uchun kompressor stansiya lozim bo'lib, uning yordamida 590690 kPa (67 kGssm2) havo bosimi hosil qilinib 57m3min miqdoridagi havo taqsimlanib, quvur ichiga haydaladi. Bunday pnevmokanal o'tuvchi uskuna unchalik katta uzunlikda bo'lmagan hamda ko'plab kanallarni nazoratlab tekshirish uchun ancha iqtisodli bo'ladi. 4.4 - rasm. Pnevmo kanal o'tuvchining tahminiy sxemasi.: 1 - diametri 23 mm va uzunligi 160 metrgacha boruvchi shnur; 2 - umumiy o'zakga o'rnatilgan ikkita rezinali shaybalar; 3 - kanal quvuri; 4 - kanal quvurini zich ravishda yopuvchi teshikli qopqoq; 5 - kompressor bilan ulangan shlang. Telefon kabel kanalizatsiya quvurlarining butun bo'lgan holatini tekshirish uchun 4.5 - rasmda ko'rsatilgan maxsus silindrik qovurg'ali shablon yoki tekshiruvchi silindr qo'llanadi. 4.5 - rasm. Tekshiruvchi silindr. Kabellarni yer osti quvurlariga yotqizish. Yer osti quvurlari ichiga yoki telefon kabel kanalizatsiya kanallari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 246.4 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 246.4 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga