II chorak. Informatika. 19-fevral. 5-A sinf. MAVZU : Kompyuter bilan tanishuv, kalkulyator va Paint dasturi mavzularini takrorlash. Texnologik xarita Mavzu: Kompyuter bilan tanishuv, paint dasturi va kompyuter o'yinlari. Darsda ishlatilgan jihozlar:Kompyuter, proyektor, videorolik,magnit doska,A3 farmat,kartochkalar Dars rejasi: 1.Darsni tashkil qilish. (Salomlashish, uy ishini nazorat qilish) 3 daqiqa. 2. Psixologik iqlim yaratish. (Kompyuterda mashina tasvirini chizish haqidagi videorolik). 5 daqiqa. 3.Ha,yo'q mashqi yordamida kompyuter tuzilishini haqidagi bilimlar umumlashtiriladi. 5 daqiqa 4.Ekspress testlar. 8 daqiqa 5.Paintda olma rasmini chizish. 5 daqiqa 6.G'oyaviy charxpalak. 6 daqiqa. 7. Raqamlar so'zlaydi o'yini. 6 daqiqa 8.Darsni yakunlash. 2 daqiqa. Darsning borishi: I.tashkiliy qism. Salomlashish , davomatni aniqlash. Psixologik iqlim yaratish. Uyga vazifani so'rash. Dars sinfdagi o'quvchilarni 3 guruhga bo'lgan holda olib oriladi: Guruh :Dasturchilar Guruh: Hisobchilar Guruh: Operatorlar II.Psixologik iqlim yaratish. Videorolik namoish etiladi.Mavzusi: Paintda mashina tasvirini hosil qilish. Videorolik orqali o'quvchilarning darsga bo'lgan diqqatlari oshiriladi va fanga bo'lgan qiziqishlari ortadi. 3 ta guruhdan bittadan o'quvchi chiqib Paintda olma rasmini chizadi. II.O'tilgan mavzularni mustahkamlash. Mavzularni mustahkamlash maqsadida G'oyaviy charxpalakusulini qo'llaymiz. guruhga Kompyuter o'yinlari mavzusini,2- guruhga Kalyulyator mavzusini , 3- guruhga Paint mavzulariga oid savollar berilgan A3 farmatdagi plakatlar tarqatiladi va chegaralangan vaqtda o'quvchilar birin- ketin charxpalar yo'nalishida javob yozishlari kerak bo'ladi. Plakat bir aylanib chiqqach o'qituvchi javoblarni olib tekshiradi: Kompyuter o'yinlari haqidagi savollar: Kalkulyator haqidagi savollar: Paint dasturi haqidagi savollar: Raqamlar so'zlaydi o'yini : Savollar ekrandan o'qilib javoblar bozoridan mos javob tanlanib magnit doskasiga yopishtiriladi va Al-Xorazmiy so'zi hosil qilinadi : IV. Dam olish daqiqasi. Al- Xorazmiy hayoti va ijodi haqida guruhlar ma'lumot beriladi. Al-Xorazmiy (783 - 850) V.Olingan bilimlarni umumlashtirish. Jadvalni proyektor orqali yoritib, berilgan rasmlar asosida savol beriladi.Har bir rasmda nima tasvirlanganini Ha - yo'q mashqidan foydalanib topiladi.: Paintda ishlash uchun 3 guruhdan 1 tadan o'quvchi kompyuterda baliq rasmini 5 daqiqada chizishadi. VI.O'quvchilarning olgan bilimini nazorat qilish. Testlar 1.Kompyuterning asosiy qurilmalari nimalardan iborat ? A) Modem, printer, monitor, klaviatura . B) Sistemali blok, monitor, klaviatura, sichqoncha. C) Sistemali blok, printer, klaviatura , sichqoncha. D) Sistemali blok, monitor, sichqoncha, modem. 2.Shift-klavishi nima uchun xizmat qiladi? A) Katta hariflarni kiritish uchun. B) Sonlar ishtirok etgan tugmalardagi boshqa belgilarni kiritish uchun. C) Sonlarni kattalashtirib yozish uchun. D) A va B javoblari to'g'ri. 3.DELETE klavishining vazifasi- A) Matn yoki berilganlarni o'ng tomonga qarab o'chirish. B) Matn yoki berilganlarni chap tomonga qarab o'chirish. C) Matn yoki berilganlarni kiritish. D) Matn yoki berilganlarni xotiradan o'chirish. 4.Diskovot nima uchun xizmat qiladi? A) Hujatlarni chop etish uchun B) Disketa bilan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
582.58 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
582.58 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: doc