Kartografik vizuallashtirish va visual haqiqiy tasvirlar

Kartografik vizuallashtirish va visual haqiqiy tasvirlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kartografik vizuallashtirish va visual haqiqiy tasvirlar - rasmi

Material tavsifi

Kartografik vizuallashtirish va visual haqiqiy tasvirlar Reja: 1.Elektron va raqamli xaritalar 2.Elektron-atlas xaritalash 3.Atlasli axborot tizimlarining tasnifi 4.Mintaqaning vizual modeli 5.Xarita vizual modelining tarkibiy qismlari 6.Xarita vizual modelini yaratishga namunalar Elektron va raqamli xaritalar Raqamli kartani tasovvur qilish uchun, oldin quyidagi iboralar bilan tanishish kerak: Raqamli karta - bu vektor yoki rastr shaklidagi umumgeografik yoki mavzuli kartani ma'lum formatda yozilgan, uni saqlash, taxrir qilish va qayta ishlashni ta'minlovchi raqamli karta ko'rinishidir (GIS ta'limining taxsil olish standartlari). yer yuzining raqamli modeli - yer yuzasi obyektlarining va ular orasidagi munosabatlarning raqamli tarzdagi mantiqiy - matematik ifodasi (GOST 28441-90 Raqamli kartografiya. Ibora va ta'riflar). Elektron karta (ingl. - electronic map) - bu kartografik tasvirning kompyuter displeyi yoki monitorida ifodalangan raqamli kartalari yoki GISning ma'lumotlari bazasi asosida yoki elektron shaklda ifodalangan raqamli ma'lumotlar bilan birga ularni dasturiy vositalar ko'rinishidagi kartografik asaridir. Har qanday holda ham elektron karta - bu kompyuterli muhitda qabul qilingan proyeksiyalar, shartli belgilar tizimidagi, etarli darajada aniqlangan va qoidalarga rioya qilgan holda jihozlangan raqamli kartasidir. Bunday turkum kartografik asarlarni ekranli kartalar desa ham bo'ladi. Haqiqiy GISlarda raqamli modellar haqidagi mavzular yoki masalalar ko'rilayotganda biz xayolan o'tkazilgan chiziq yoki nuqtalar bilan emas, balki joydagi obyektlarning juda murakkab o'zaro bog'liqligi bilan ish yuritamiz. Raqamli karta ma'lumotlariga quyidagilar kiradi: geometrik (o'lchamli) ma'lumotlar; obyekt bilan uni ifodalovchi atributiv belgilar; obyektlararo bog'liqlikni tushuntiruvchi iboralar (nogeometrik - topologik tasniflar). Raqamli karta - bu ma'lum ma'noda o'zaro bog'liq bo'lgan ma'lumotlarning tartibga tushgan to'plami bo'lib, yer yuzining qabul qilingan koordinatalar tizimidagi raqamli modelini ifodalaydi. Joy obyektlarining hamma zarurli komponentlarini ifodalovchi axborotni talqin qilish, metrik va semantik ma'lumotlar to'plami raqamli karta sifatida qabul qilinishi uchun ular qator talablarga javob berishi kerak. Hozirgi paytda hatto Rossiyada ham yer kadastri raqamli kartasining sifatiga talablar qo'yadigan hech qanday standartlar yo'q. Roskartografiyada tarmoq standartida OST 68-34-98 ―Raqamli topografik kartalar. Raqamli topografik kartalar sifatiga talablarǁ bor. Unda 1:100 va undan mayda masshtabli dastlabki kartografik materiallar asosida yaratiladigan raqamli kartalarga qo'yiladigan asosiy talablar keltirilgan. Mazkur standartda topografik kartalar sifatiga, ya'ni raqamli kartaning to'liqligi; raqamli kartaning aniqligi; obyektlar va tavsifnomaning to'g'riligi; raqamli karta va unda keltirilgan obyektlarni kartografik tuzilishi mantiqan to'g'ri tanlangan bo'lishi kabi asosiy talablar berilgan. Ushbu ko'rsatgichlarga birinchi navbatda kelishi zarur bo'lgan yana bir ko'rsatkichni - raqamli kartada mavjud bo'lgan, ma'lumotlarning metrik komponentini tashkil etadigan, vektor ma'lumotlarning topologik jihatdan mos kelishligini qo'shib qo'yish kerak. Topologik jihatdan moslik - bu vektor ma'lumotlarning topologik xossalariga qo'yilgan barcha talablarni qanoatlantirishidir. Topologik moslikning talablari raqamli karta tuzish uchun foydalanilgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.63 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.63 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga