Katta va kichik EXMlar Reja: Katta EXMlar sinflari tasnifi Katta EXMlarning taraqqiyoti Kichik EXMlarning imkoniyatlari Kichik EXMlarning taraqqiyoti Shaxsiy kompyuterlar Katta exmlar sinflari tasnifi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan kompyuterlar odatda katta EXM lar sinfiga kiradi: - ishlab chiqarish samaradorligi sekundiga million operatsiyadan kam bo'lmagan; - asosiy xotira siimi 64 dan 100 M baytgacha bo'lgan; - tashqi xotirasi 50 Gbaytdan kam bo'lmagan; - ko'p (kishi) foydalanadigan ish rejimi (bir paytning o'zida 16 dan 100 tagacha foydalanuvchiga xizmat qiladi). Katta EXMlarni samarali qo'llashning asosiy yo'nalishlari bu, ilmiy-texnik vazifalarni hal etish, axborotni paketli bazasi bilan ishlash, hisoblash tarmoqlari va ularning resurslarini boshqarishdir. Katta EXMlarning taraqqiyoti Zamonaviy katta EXM ga IBM va IBM 370 moddalari, ularning tuzilishi va dasturiy taominoti YeS EXM katta mashinalari tizimini yaratishda asos qilib olingan. Xorijda menfreymlar eng yaxshi ishlanmalari orasida birinchi navbatda 1979 yilda IBM 380 o'rniga kelgan, IBM 390, IBM 4300 (4331,4341,4361,4381) va 1991 yilda yaratilgan IBM ES900, shuningdek Fujitsu yapon firmasining M1800 kompyuterlarini taokidlash lozim. IBM ES900 (ES-Enterprise System - korxona miqyosidagi tizimi (tarmoq) katta EXMlar yangi oilasini boshlab beradi, u IBM 390 tuzilishi asosida ishlagan komppyuterlarning 18 modelini o'z ichiga oladi. Xorijiy firmalar meyn freymlar reytingini qo'yidagicha ko'plab ko'rsatkichlarini hisobga olib belgilashadi: ishonchliligi; unumdorligi; aosiy va tashqi xotira siimi; tashqi xotira qurilmalariga kirish va transfer vaqti; kesh-xotira xususiyatlari; kanallar soni va kiritish va chiqarish tizimlari samaradorligi; boshqa EXMlar bilan apparat va dasturiy mosligi; tarmoqlarni qo'llab-quvvatlash va boshqalar. 1995 yilda AKShning o'zida 40 mingdan ziyod meynfreymlar o'rnatilgan. Kichik EXMlarning imkoniyatlari Kichik EXMlar (mini-EXMlar)-ishonchli, uncha qimmat bo'lmagan va foydalanishda qulay kompyuterlar bo'lib, katta EXM larga qaraganda bir qator imkoniyatlargaega: - unumdorlik sekundiga 10 mln. operatsiyagacha; - asosiy xotiraga sigimi 4-512 Mbayt; - diskli xotira sigimi 2-100 Gbayt; - foydalanuvchilar soni 16-512 Mini EXMlarni barcha modellar integral mikrosxema-larning mikroprotsessorlar asosida ishlab chiqiladi. Mini EXMlarning affzalliklariga quyidagilar kiradi: katta modullikdagi o'ziga xos tuzilishi, unumdorligi, narxi nisbatan arzon, hisoblashlarning yuqori darajada anikligi. Boshqarish uchun texnologik jarayonlardan foydalanish bilan bir qatorda miniEXM ko'p (kishi) foydalanadigan hisoblash tizimlarida, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida, nomurakkab obyektlarni modellash tizimlarida, sun'iy intellekt tizimlarida hisoblash uchun muvaffaqiyatli qo'llanilmokda. Kichik EXMlarning taraqqiyoti Zamonaviy miniEXMga DEC (Diskret jihozlash korporatsiyasi, AKSh) firmasi asos solgan. hozirgi paytda RDR-11 mini EXMlar oilasi ko'p sonli modellarni VAX-3600 gacha; 800 sinfli mini E'M qudratli modellar (VAX-8250,8820); 900 sinfli supermini-EXM lar (VAX-9410, 9430) va boshqalarni o'z ichiga oladi. VAX modellari keng ko'lamli xususiyatga ega: - protsessorlar soni - 1 dan 16 gacha - unumdorlik sekundiga 60 mln. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.45 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.45 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:51 ]
Arxiv ichida: docx