Kirish abonent tarmoqlarini optik texnologiyalar asosida qurish Reja: PON texnologiyasi PON texnologiyasida qo'llaniladigan asosiy qurilmalar PON tarmog'ida axborot almashinishining tashkil qilinishi Barchamizga malumki bugungi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarining muammoli qismi abrnent kirish tarmoqlari hisoblanadi. Bu asosan mavjud o'rama juft mis simli aloqa kabellari asosida qurilgan abonent kirish tarmoqlarining o'tkazish qobiliyatining pastligi, signallarni uzoq masofaga sifatli etkazishda muammolar mavjudligi bilan xarakterlanadi. hozirda rivojlangan axborotlashgan jamiyatda abonentlarning axborotga bo'lgan ehtiyojlari tobora ortib bormoqda. Yangi telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish jarayonida bu muammolar ayniqsa cheklanishlarni yuzaga keltiradi. Xususan bugungi kunda telekommunikatsiya xizmatlaridan biri sifatida keng rivojlanib borayotgan HDTV(high definition TV) - yuqori aniqlikdagi televizion xizmatini misol keltirish mumkin. Chunki aholining(abonentlaring) aksariyat qismi bunday xizmatlarni taqdim etishga tayyor bo'lmoqda yani, ular ENT(elektron-nur trubkali) televizion qabul qilgichlarini (televizorlarini) suyuq kristalli yoki plazmali tevizion qabul qilgichlarga almashtirmoqdalir. Bu esa ularga HDTV televizion xizmatidan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu xizmatni amalga oshirish uchun tashkil qilingan tarmoqga o'tkazish qobiliyati va paketlarning o'z vaqtida yetkazib berilishi bo'yicha yuqori talablar qo'yiladi. Chunki bu xizmatni taqdim qilish internet va telefaniya xizmatlariga nisbatan ancha murakkab va nisbatan katta o'tkazish qobiliyatini talab qiladi. Masalan rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Osiyo-Tinch okeani regioni mamlakatlari, Yevropa) keng polosali abonent tarmoqlarini qurishda opperatordan abonentga 25 50 Mbits, abonentdan operatorga esa 10 Mbits dan kam bo'lmagan tezliklarni ta'minlash ko'zda tutilgan. Ommaviy ravishda aholini bunday tezlik bilan ta'minlashda optik tolali texnologiyalardan foydalanish eng samarali usul hisobdlanadi. Yani, keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishni FTTX (Fiber to the X ) konsepsiyasi asosida amalga oshirish. FTTX konsepsiyasini amalga oshirishda asosan PON texnologiyasidan foydalaniladi. FTTX konsepsiyasining bir qancha variantlari bor: FTTHome -xonadongacha (kvartiragacha) optik tolali abonent tarmog'ini qurish; FTTPremises -xususiy binogacha optik tolali tarmoq qurish; FTTBuilding - ko'p qavatli aholi turar joyigacha optik tolali tarmoq qurish (taunxaus); FTTCurb - taqsimlash shkafigacha optik tolali tarmoq qurish (podezdlarda). PON texnologiyasi PON texnologiyasi asosida qurilgan optik tarmoq passiv tarmoq bo'lib, unda optik tarmoqlagichlar (splitterlar) va optik to'lqin multipleksorlari (ko'p sondagi ulangan abonentardan tushayotgan abonent trafiklarini bir tolaga kontsentratsiyalash uchun). Optik tolali abonent kirish tarmoqlarini qurishda PON texnologyasidan foydalanish operatorga kirish uzelidagi portlar sonini kamaytirish va nisbatan kam tolali optik kabellardan foydalanish imkoniyatini beradi[7]. PON texnologiyasi asosida qurilgan optik abonent kirish tarmog'ining printspial sxemasi 1- rasmda keltirilgan. hozirda PON texnologiyasining bir qancha standartlari ishlab chiqilgan bo'lib ularning keng tarqalgan turlari quyidagilar: EPON - Ethernet PON ( shuningdek GEPON); BPON - ATM protokoli asosidagi keng polosali (Broadband) PON GPON - GFP protokoli asosidagi multigigabit PON . rasm. PON texnologiyasi asosida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
414.75 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
414.75 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:51 ]
Arxiv ichida: doc