Kiritish - chiqarish va aloqa qurilmalari, ularning interfeyslari Reja: Planshet Nurli qalam Sichqon Klaviatura Skanerlar Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlari Printerlar Plotterlar Digitayzerlar Axborotni uzatish tizimlari Aloqa kanallari Modemlar Videoaloqa Faksimil aloqa Faksimil apparatlar Tayanch iboralar: planshet, nurli qalam, sichqon, manipulyator, klaviatura, trekbol, kursorni boshqarish, klaviatura nazoratchisi, SCAN kodi, ASCII kodi, skaner, rastrli format, vectorli format, obrazlarni anglash, printer, plotter, digitayzer, axborotlarni uzatish tizimi, o'tkazish qobiliyati, aloqa kanallari, analogli, sinileksli, dupleksli, kommutaciyalanadigan, eshilgan juftlik, koaksial kabel, optik tolali kabel, modem, ma'lumotlarni uzatish bayonnomasi, modulyaciya, demodulyaciya, faksimil aloqa. 1. PLANSHET Planshet bu oddiy tekis to'g'ri burchakli yuza bo'lib, unga tayyor chizma qo'yiladi va chizmaning ustidan ko'rsatkich bilan yurgiziladi. Yurgizish jarayonida kompyuter vaqti-vaqti bilan ko'rsatgich uchining koordinatasini sanaydi. Koordinatalarni hisoblashning bir qancha usullari mavjud. Ulardan ikkitasini ko'rib chiqamiz. Planshetning ishchi yuzasi (250 x 250 mm ) tagiga X va U o'qlari bo'ylab 1024 ta o'zaro parallel simlar joylashtirilgan. Ko'rsatgichga sezgir kuchaytirgich joylashtirilgan. Bu kuchaytirgich kodlangan xabarlarni qabul qilib kabel orqali uni kodlangan xabarlarini echadigan logik sxemaga uzatadi. har bir ketma-ket qabul qilingan impulslar faqat bitta simga tegishli. Shuning uchun kodlar echilgandan keyin ikkita son hosil bo'ladi. Bu sonlar ko'rsatgichning planshet yuzasidagi holatini ko'rsatadigan koordinatalar bo'ladi. Planshetda 0,25 mm dan kichik bo'lgan grafik elementlar qabul qilinmaydi. 2. NURLI QALAM Nurli qalam nurli qalam bilan chizma ekraning yuzasiga chiziladi. qalam korpusi ichida teshik bor, bu teshikka linza o'rnatilgan. Nur ekrandan fotoelementga tushadi. Fotoelementdan kuchlanish kuchayturuvchi qurilmada kuchaytirilgandan keyin, maxsus qayta ulovchi moslamaga uzatiladi. Nurli qalam ekraning qaysi joyiga harakat qilsa, u bilan birga kursor ham harakat qiladi. Kursorni talab qilingan holatga chiqarilganda, qayta ulagich qo'yib yuboriladi va kursor nurli qalam bilan chizishni nurli qalam harakatini kuzatish usuli bilan amalga oshirish mumkin. Bunga ekranga + ko'rinishida bo'lgan maxsus belgikursor nurli qalamdan ajraladi. Ikki nuqta to'g'ri chiziq kesmasi bilan biriktiriladi. 3. SICHQON Sichqon bu grafik xabar kiritish qurilmasi tashqi ko'rinishdan sichqonga o'xshaydi. Shuning uchun ixtirochilar aniq texnik nom o'ylab topmasdan uni sichqon deb atadilar. Sichqon qo'lga sig'adigan quticha bo'lib tepasida uchta yoki ikkita tugmasi bor. Uning tagida o'zaro perpendikulyar ikkita g'ildirakcha yoki sharik joylashgan. g'ildirakcha yoki sharik rezistorga ulangan. sichqon bilan chizma chizish uchun uni tekis yuzaga harakatga keltirish kerak. Bunda foydalanuvchi sichqonga emas, balki displey ekraniga qarash kerak. Kompyuter ekranida kursor sichqonni harakat traektoriyasini qaytaradi. g'ildirakchalar aylanganda, o'zgaruvchan rezistorlarni yugurdagi ham aylanadi. Buning natijasida, ularning chiqishdan kuchlanishi ham tegishlicha o'zgaradi. Yugurdaklardan olingan kuchlanishlar sonli o'xshash o'zgartirgichlarda shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga to'g'ridan-to'g'ri uzatish uchun tahlil qilinadi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
148.98 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
148.98 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc