Kitob nashri va uni sahifalash Reja: Nashrga tayyorlanayotgan kitob nusxa tahriri jarayoni Matnning joylashtirilishi Ilg'or texnologiyalarning hayotga joriy qilinishiga qaramasdan kitoblar katta miqdordagi ma'lumotlarni odamlarga etkazishda asosiy kommunikatsiya vositasi bo'lib qolmoqda. Qadimgi Gretsiyada yirik faylasuf Plutonning talabalari ustozining ma'ruzalari yozilgan kitoblarni ishlatganligi aytiladi. Dastlabki kitoblarning paydo bo'lishi papirusning ixtiro qilinishiga borib taqaladi. Bazi manbalarda miloddan oldingi 400-yillarda og'zaki asarlarni qog'ozga ko'chirib aholiga yuqori narhlarda sotilganligi aytiladi. Gretsiyaning ma'rifiy markazi Afinada ko'chirmanchilar tomonidan sotish va ijaraga berish uchun kitoblar bir-biriga ko'chirilgan, hatto o'z do'konlarida malum miqdordagi haq uchun tinglovchi kishilarga kitoblarni o'qib berish xizmati ham tashkil qilingan. Texnologiyalarning rivojlanishi nashriyot ishlarining juda tezlik bilan rivojlanishiga ta'sir qildi. 20 asrga kelib kitob nashrining kompyuterlashuvi, elektron va audiokitoblarning ishlab chiqarilishi yuzaga keldi. Kitoblar yo'nalishlariga qarab har xil bo'lishi mumkin. Jamiyat uchun foydali hisoblangan darsliklar, ma'lumotnomalar (ensiklopediyalar, turli xil spravochniklar), diniy va tibbiyot sohasiga oid kitoblarning chop qilinishi odatda hukumat yoki boshqa jamoatchilik tashkilotlari tomonidan vo'llab-quvvatlanadi. Qanday kitob bo'lishidan qatiy nazar ularning sahifalanish jarayoni bir xildir. Rivojlangan davlatlardagi yetakchi nashriyotlarda har yili chop qilinishi kerak bo'lgan kitoblar ro'yxati tuziladi. Bu ro'yxat o'quvchilarning talablari, o'quv yurtlaridagi yangi fanlarning kiritilishi munosabati bilan foydalaniladigan adabiyotlar, eski lekin bozori chaqqon bo'lgan kitoblarga asoslanadi. Kitoblarning mualliflari esa o'z kitoblarining sotilishida malum foizini olishga shartnoma tuzadi, demak, uning kitobi qancha ko'p sotilsa daromad shuncha katta bo'lishini anglatadi. Qo'lyozma yoki tayyor matn nashr uchun qabul qilingandan keyin unga asosan nashriyot redaksiyasi javobgar bo'ladi. Bazi holatlarda, matn mazmuniga o'zgartirish kiritish zarur bo'lsa yoki qo'shimcha qilish kerak bo'lsa, muharririyat mualliflar bilan birga ishlashi ham mumkin. Nashriyot odatda bir vaqtning o'zida birnechta kitobni nashrga tayyorlaydi. Nashrga tayyorlanayotgan kitob nusxa tahriri jarayonidan o'tishi lozim. Bunda tahrirchilar matnning grammatik va imloviy xatolarini, shuningdek, bazi muallif jumlalarining aniq va to'g'ri manoni anglatishini to'g'rilashi ko'zda tutiladi. Bundan keyingi bosqich uni sahifalashdir. Dizayn nashriyotda ishlaydigan yoki mustaqil dizaynerlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Dizayner kitobning formatini - sahifa razmerini, sahifada qatorlar sonini, shrift stili va razmerini, rasmlarning joylashuvini va h.k.larni ishlab chiqadi. Matnni terishda kompyuterlar 1070-yillarda foydalanila boshlagan, ammo 90-yillargacha lazer printerlar nashr uchun ommaviy tarzda ishlatilmagan. 20-asrdagi nashriyot ishlaridagi eng katta o'zgarishlardan biri bu - kitoblarni faqat talabdan kelib chiqib nashr qilinishidir. Hozirda nashriyot kompyuterlarida kitoblarning raqamli versiyalari doim saqlanadi va kerak bo'lganda qancha nusxa bo'lsa ham chiqarib berilaveradi. Bu usul nashriyotlarning ortiqcha chiqimlarni tejashiga yordam beradi. Kitob tayyor bo'lgandan keiyn nashriyotlar ularni sotuvchilar - kitob do'konlariga tarqatadi. Ularning asosiy sotilish mavsumi bahor va kuzga to'g'ri kelar ekan. 1990-yillardan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
162.18 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
162.18 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc