Ko'chma kompyuterlar Reja: Ko'chma kompyuterlarning tavsifi Portativ ishchi stansiyalar Kompyuter-bloknotlar Elektron kotiblar Elektron yozuv daftarchalari Ko'chma kompyuterlarning tavsifi Ko'chma komppyuterlar-shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir. Mutaxassislar fikricha: 1998 yilda foydalanuvchilarning 50% dan ko'progi aynan ko'chma mashinalardan foydalaniladi: 2001 yilga borib bu ko'rsatkich 80% dan ortib ketdi. Ko'chma kompyuterlarning ko'pchiligi akkumulyatorlardan alohida (avtonom) ta'minlanadi, ular tarmoqqa ulanishi ham mumkin. Videomonitor sifatida ularda yassi videoproyektorli suyuq kristalli displeylar qo'llaniladi. -Suyuq kristalli displeylar (LCD-Liguid Crystal Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali bo'ladi. Sust matritsada ekranning har bir elementi (piskel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga etib keladi. Faol matritsali displey ancha murakkab va qimmat, biroq yaxshi sifat-barqaror, kontrast va tiniq tasvir berilishini taominlaydi. Keyingi paytda monoxromli displeylar bilan bir qatorda rangli displeylar ham keng ishlatilyapti. Rangli displeylarda har bir piskel turli rangdagi ingichka yorulik filptrlari qoplangan 3-4 alohida kichik piskellardan tashkil topgan. Ko'pchilik suyuq krisstalli displeylarning hal qiluvchi qobiliyati 640x480 piskeldan oshmaydi. Apparat vositalarini kuchaytirish ko'pincha ko'chma kompyuterlarda PCMCIA-karta deb ataladigan maxsus tuzilma platani ulash orqali bajariladi. Ko'pgina PCMCIA lar Plig and Play texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi, bu texnologiya qo'shimcha plata o'rnatilganda ShK yoki uning biron-bir qo'shimcha sozlovchisini o'chirishni talab etmaydi. Tezkor xotira qurilmasi (TXЫ) platalari bilan bir qatorda doimiy xotira qurilmasi (DXЫ) va Flash-xotira platalaridan ancha jadal foydalanilmoqda, so'nggisi miniatyura ShKlarda diskli xotira o'rnida tez-tez qo'llaniladi. Klaviatura ko'pincha biroz qisqartirilgan (84-86 klavish, stolli ShKda 101 klavish), biroq to'liq klaviatura ulanishi uchun ham bo'linma bo'linishi mumkin; baozi modellarda klaviatura yima bo'ladi. Minikomppyuterlarda klaviatura shu qadar kichik bo'ladiki, klavishni bosish uchun maxsus kichik ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Monipulyator (ko'rsatkich moslamasi) sifatida odatda sichqon emas, balki trekbol, trekpoynt yoki trekpadan foydalaniladi. Trekbol (Track Ball)-istalgan yo'nalishi bo'yicha aylanuv-chi, diametri 15-20 mm. bo'lgan plastmassa shar (mahkam mustahkamlangan adarilgan sichqonni eslatadi). Trekpoynt (Track Point)-lastika turidagi klaviaturadagi maxsus moslashuvchan klavish, undagi bukiklik displey ekranidagi kursorni kerakli yo'nalishda harakatlantiradi. Trekpad (Track Pad yoki Touch Pad)-klaviatura blokida joylashgan, yupqa plyonka ostida simlar tarmoini tutgan, yengil bosilganda bosuvchi oboekt, masalan, barmoq harakati yo'nalishini qabul qiluvchi uncha katta bo'lmagan planshet. Ыabul qilingan signal kursorni boshqarish uchun xizmat qiladi. Ko'chma komppyuterlarda sensorli ekranlar ham qo'llaniladi, ularning sirtiga tegish ana shu tegiladigan joyga kursorni harakatlanishi yoki ekranga chiqarilgan menyu bo'ylab protsedura tanlanishini yuzaga keltiradi. Ko'chma kompyuterlar juda turli tuman: ulkan va oir (15 kg.gacha), portativ ishchi stansiyalaridan to 100 gramm keladigan elektron yozuv daftarchasigacha mavjud. Ko'chma ShKlarning ayrim turlarini quyida tasnifi haqida qisqacha to'xtab o'tamiz. Portativ ishchi stansiyalar Portativ ishchi stansiyalar eng qudratli va yirik ko'chma ShKlardir. Ular ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.81 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.81 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: docx