Kombinatsiyali (yozuvlar) va to'plamli tiplar Reja: Yozuvlar haqida umumiy ma'lumotlar Oddiy kombinatsiyali tiplar (yozuvlar) Ierarxik yozuvlar Boglama operatori Paskal tilida to'plamlarni belgilash to'plamlar ustida amallar to'plamli tiplarni urnatish va to'plamli o'zgaruvchilar 1. Yozuvlar haqida umumiy ma'lumotlar Etiboringizga yana bir yangi, boshqa algoritmik tillarda mavjud bo'lmagan, Paskal tilining hosilaviy tiplaridan birini - kombinatsiyali tipni havola kilamiz. Kombinatsiyali tipning qiymati xam xuddi massivlarniki kabi (massivlar haqida boshlang'ich ma'lumotlarga egasiz deb uylaymiz) bir nechta xaddan tashkil topadi, lekin massivdan farqli ularok, uning xar bir xadi turlicha tipli bo'lishi mumkin. Bu tipning xadlariga, ularning joylashgan tartib rakamlari bilan emas, balki ismlari orqali murojaat kilinadi. Kombinatsiyali tipni odatda soddagina qilib - yozuvlar deb ataladi. Kombinatsiyali tip qiymatlari asosan murakkab, bir jinssiz tashkil etuvchilarga ega bo'lgan obyektlarni ifodalashga bagishlangan. Bu tipdan amalda turli xil ma'lumotlar jamgarmasini yaratishda keng foydalaniladi. Masalan, biror tashkilotda ishlovchi xodimlar haqidagi ma'lumotlar jamgarmasi - xodimlarning turli xil anketali xabarlarini uzida jamlaydi: familiyasi, ismi-sharifi, tug'ilgan yili-oyi-kuni, uy adresi ishchi va uy telefon rakamlari, ma'lumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, harbiyga aloqadorligi va x.k. Sanab utilgan va bitta shaxsga tegishli bo'lgan ushbu ma'lumotlarning turli xil tipga tegishligiga ahamiyat bering: telefonlar,tug'ilgan yili-oyi-kunlari - butun sonlardan, boshqa ma'lumotlar esa belgili katorlardan tashkil topgan. Shunday qilib, kombinatsiyali tip qiymati - maydonlar deb atalmish chekli sondagi xadlardan tashkil topgan ma'lumotlar strukturasidir. Yozuvning xar bir maydoniga o'ziga xos ism beriladi va bu maydon qiymatining tipi kursatiladi. Bunda, maydon qiymatining tipiga xech qanday cheklashlar kuyilmaydi. Shuning uchun, yozuv xadlari o'z navbatida yana yozuv bo'lishi mumkin. Demak, yozuv aniq ifodalangan ierarxik strukturaga ega bo'lishi mumkin. Bir xil darajada turgan, bitta yozuvning barcha ismlari turli xil bo'lishi lozim, xuddi shuningdek, turli yozuvlar bir xil ismli maydonlarni o'z ichiga olishi mumkin. Bunda bu maydonlarga murojaat qilishda xech qanday anglashilmovchilik bulmaydi, chunki murojaat tashqi yozuv orqali amalga oshiriladi. Yozuvlardan foydalanib mukammal programmalar yaratishdan oldin, sodda xollarda uning imkoniyatlari bilan tanishib chikaylik. 2. Oddiy kombinatsiyali tiplar Soddalik uchun, bir avlodli struktura orqali yozilgan kombinatsiyali tip ma'lumotlari bilan tanishib chikaylik. Yozuvlarni aniqlash (kiritish) quyidagi sintaksis qoida bo'yicha amalga oshiriladi: ::k record maydonlar ruyxati end ::k; ::k,: Shu qoidaga asoslanib, matematika fanidan yaxshi tanish bo'lgan kompleks sonli tip kiritaylik (a k bi -kompleks son, a, b - haqiqiy sonlar, i2k-1) va tip nomini complex deb ataylik: type CompLex k record re: real; im: real; end Bu tipni kuyidagicha tushuntirish mumkin: CompLex tipiga tegishli ixtiyoriy qiymat ikkita xadli (maydonli) yozuvdan tashkil ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.42 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.42 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc