Kommunikatsiya texnologiyalari

Kommunikatsiya texnologiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kommunikatsiya texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Kommunikatsiya texnologiyalari Reja: aloqa uchun kompyuterlardan foydalanish. Kommunikatsiya programmalari. aloqa kanallari. aloqa uchun kompyuterlardan foydalanish Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi bo'lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezrok etib boradi, yangilik tez tarkaladi. Kompyuter yordamida aloqa qilish uchun foydalanuvchiga modem zarur bo'ladi. U tashqi yoki ichki qurilma bo'lib, kompyuter yordamida tayyorlangan ma'lumotlarni telefon simlari orqali uzatish va kabul qilishga imkon beradi. Kommunikatsiya yoki telekommunikatsiya manba (transmitter) va kabul qiluvchi (receiver) o'rtasida masofadan turib ma'lumot almashinishni bildiradi. Elektromagnit to'lqin shakllari - elektr toki, radioto'lqinlar yoki yorug'lik, ma'lumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan, sim, kabel yoki atmosfera orqali bu ma'lumot uzatiladi. Uzatilayotgan ma'lumot tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning kombinatsiyasi (multimediya) dan iborat bo'lishi mumkin. Esingizda bulsa ma'lumot ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va rakamli. Analogli signallar uzluksiz uzatilishi. Rakamli esa diskret shaklda. Analogli signallar (uzluksiz to'lqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan vositalari: telefon, radio va televideniye lar analogli signallar bilan ishlashga mo'ljallangan. Analog signal tashuvchi to'lqin deb ataluvchi uzluksiz elektrik signallardan tashkil topgan to'lqindan iborat. Analogli tashuvchi to'lqinlarning ikki asosiy ko'rsatkichi chastota va amplituda dan iborat: Chastota - to'lqin tebranishlarining vaqt birligida (sekund) necha marta tulik takrorlanishini bildiruvchi son. Amplituda - berilgan vaqt oraligidagi to'lqinning maksimal balandligi. Ovoz (signal) ning baland-pastligi amplitudaga bog'liq bo'ladi. Rakamli (diskret) signallar. Rakamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi (bor-yuk) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi ma'lumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik impulsning borligi - 1, yukligi - 0 bilan belgilanadi. Bunaka ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning o'rtalaridayok Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. Unda ma'lumot nuqta (.) va tire (-) lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida, masalan, V xarfi - kabi belgilangan. Telegraf simlari orqali bu xarfni uzatish uchun pauza bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta chuzik signal ishlatilishi mumkin. Ammo bunday uzatish tezligi nixoyatda past. Modem. Kompyuterda hosil qilingan ma'lumotni uzatish uchun rakamli signallardan fodalanish xam tez, xam kulay va aniq bo'ladi. Ammo hozir xam kupgina aloqa qurilmalari (telefon, telegraf, radio, televideniye) analog signallar bilan ishlaydi. Bu muammodan kutulish uchun modem zarur. Modem - rakamli signallarni analogli signalga (Modulyatsiya), hamda analogli signalni rakamli signalga xam (DYeModulyatsiya) aylantira oluvchi yagona qurilmadir. Modem ichki yoki tashqi bo'lishi mumkin. Modemli aloqani tashkil etish sxemasi Ularni tanlashda kuyidagilarga etibor berish lozim: -tashqi modem - alohida qurilma bo'lib, alohida elektr toki sarfini talab etadi. Ammo uni turli kompyuterlar bilan birga ishlatish mumkin. U sistema blokidagi ketma-ket portlardan biriga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.28 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.28 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga