Komponentlar to'plami sharhi

Komponentlar to'plami sharhi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Komponentlar to'plami sharhi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Standart komponentlar Additional sahifasi Dialogs sahifasi System sahifasi Standart komponentlar Komponentlar to'plamining birinchi sahifasida 14ta obyektlar joylashgan bo'lib, hamma dasturchilar albatta ushbu obyektlardan foydalanishgan. Chunki, juda ham kamchilik tugma, ro'yxat, kiritish oynalari va ho kazolardan foydalanmasdan dastur tuza oladi. Bu obyektlarning barchasi Windowsdagi sichqoncha va muloqot oynasi kabi muhimdir. расм. Standart Komponentlar to'plami Har bir sahifadagi komponentlar to'plami va joylashishini o'zgartirish mumkin. Demak, siz mavjud komponentlarni o'rnini o'zgartirish bilan birgalikda ularning tarkibiga yangilarini qo'shishingiz mumkin. Delphining standart komponentlari va ularni ishlatish haqidagi qisqacha izoh quyida keltirilgan. Bu komponentlarni o'rganayotgan vaqtda qo'l ostingizda kompyuter bo'lgani ma'qul, chunki birvarakayiga ularning ishlash prinsipi bilan ham tanishishingiz mumkin. Kursor - komponent hisoblanmaydi, balki, biror obyektni tanlashdan voz kechish vositasidir. TMainMenu - o'z dasturingizga bosh menyu qo'shish imkonini beradi. TmainMenuni formaga qo'yan vaqtda u kichkina belgi ko'rinishini oladi; bunday belgilarni ko'rinmas komponent deb ataydilar, chunki, dastur bajarilash vaqtida ular ekranda ko'rinmaydi. Menyuni yaratish uch qadamdan iborat: (1) TMainMenu formaga o'rnatish, (2) obyektlar inspektorining Items xususiyati yordamida Menyu dizaynerini chaqirish, (3) Menyu Dizaynerida menyu qismlarini kiritish. TPopupMenu yordamchi menyuni yaratish. Bu menyu sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganda ko'rinadi. TLabel matnlarni ekranda namoyish qilish uchun qo'llanadi. Agar siz obyektlar inspektorining Font xususiyatiga sichkonchani ikki marta bossangiz, Label ning shrifti, rangi, harflar rangi va o'lchamlarini o'zgartishingiz mukin. TEdit - Windowsdagi standart ma'lumot kiritish oynasi. U qisqa matnlarni namoyish qilishi va dastur bajarilish vaqtida foydalanuvchiga o'z matnini kiritish imkonini beradi. TMemo - TEditning boshqacha ko'rinishi. Katta mantlar bilan ishlashni ko'zda tutadi. TMemo matn qismlarini qatordan qatorga ko'chirishi, buferda saqlashi, oxirgi amallardan voz kechishi, umuman olganda oddiy muxarrir amallarini bajara oladi. TMemo 32Kb matn hajmi bilan chegaralanadi, bu taxminan 10-20 sahifa matnga tengdir. TButton dastur bajarilash vaqtida tugma bosilishi bilan biror amal bajarilishini ko'zda tutadi. Delphida hamma narsa oddiy. TButtonni formga ko'yib, unga ikki marta sichqon tugmasini bossak, biz dastur matni muharririda tugma bosilish holatiga dastur tuzimiz mumkin bo'lgan oynaga o'tamiz. Endi dastur matnini bajariladigan buyruqlar kodi bilan to'ldirish kerak. Masalan: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); begin MessageDlg('Ишларингиз яхшими?',mtConfirmation,mbYesNoCancel,0); end; TCheckBox chap tomonida kichkina darchasi bo'lgan matn satrini akslantiradi. Darchaga uning belgilanganligini bildiruvchi belgi quyish mumkin. Masalan, Worddagi Pechat muloqot oynasining Pechat v fayl bo'limida aynan shu obyekt ishlatilgan. TRadioButton bir nechta holatlardan birini tanlash imkonini beradi. Masalan, Worddagi Pechat muloqot oynasining chop qilinishi kerak bo'lgan sahifalar oralag'ini tanlash bo'limida aynan shu obyekt ishlatilgan. TListBox ro'yxatli ma'lumotlarni namoyish qilishga mo'ljallangan masalan Worddagi Otkrit buyrug'i yordamida ochiladigan muloqot oynasidagi fayllar va kataloglar ro'yxati ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga