Komputerning tuzilishi va uning qurilmalariga tavsifnoma

Komputerning tuzilishi va uning qurilmalariga tavsifnoma

O'quvchilarga / Informatika va AT
Komputerning tuzilishi va uning qurilmalariga tavsifnoma - rasmi

Material tavsifi

Komputerning tuzilishi va uning qurilmalariga tavsifnoma Reja: 1. Кompyuterning ichki qurilmalari 2. Кompyuterning tashqi qurilmalari 3. Кompyuterga qo'shimcha ulanuvchi qurilmalar Кompyuter quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan Sistemalar bloki-mazkur blok tezkor xotira, arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi elektron sxemalardan iborat. Magnit disklari bilan ishlovchi blok odatda bu blok sistema blokiga o'rnatilgan bo'lib, egiluvchan magnitli diskdagi axborotlarni o'qish va axborotlarni saqlash ishlarini bajaradi. Qattiq disklar bilan ishlovchi blok- vinchester deb nomlanuvchi bu blok sistema blokiga o'rnatilgan bo'lib, qattiq magnit diskdagi axborotlarni o'qish va yozish ishlarini bajaradi. Кiritish va chiqarish portlari - bu portlar yordamida prosessor tashqi qurilmalar bilan axborot almashadi. Maxsus portlar ichki qurilmalargagina xizmat qiladi. Umumiy portlarga esa sichqoncha, printer, tarmoq adapteri va turli boshqa qo'shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Umumiy portlar ikki xil bo'ladi: paralell(lPT1-lPT2) va ketma-ket (com1-com2). Elektron sxemalar kompyuterning turli qurilmalari ishini boshqarib turadi. Xotira qurilmasi kompyuterning asosiy elementlaridan biri bo'lib, tezkor va doimiy xotira qurilmasidan tashkil topgandir. Tezkor xotira qurilmasi kompyuter ishlayotgan paytda ish jarayoniga oid hamma ma'lumotlarni xotirada saqlab, hamma operasiyalarni bajaradi. Кompyuter ishdan to'xtatilgandan keyin tezkor xotira tozalanadi ya'ni bo'shaydi. Doimiy xotira qurilmasi (vinchester)da kompyuterda ishlash uchun zarur bo'lgan barcha dasturlar masalan, operasion sistema, matn muharrirlari, turli dasturlash tillari, amaliy programmalar va boshqa shunga o'xshash programmalar saqlanadi. Кompyuterning tashqi qurilmalari klaviatura, monitor, printer, egiluvchan magnit disklari va boshqalar kiradi. Кompyuter klaviaturasi unga ma'lumotni kiritishga va uni boshqarish uchun mo'ljallangan. Tugmalari soni standart 84 va kengaytirilgan (101) klaviaturalari mavjud. Bundan tashqari klaviaturalar lotin harflarining joylashishiga ko'ra angliya va amerika standartiga farqlanadi. Кlaviaturada lotin harflari ingliz yozuv mashinkasidagidek, kirilisa harflari esa rus mashinkasidagidek joylashgan bo'ladi. O'zbekcha O',Q,G',H harflari uchun maxsus tugmalar mavjud emas. Bu harflar boshqa belgilar tugmalari orqali ifodalanadi. Odatda kompyuter ishga tushirilishi bilan lotin alifbosining bosh va kichik harflarini kiritish xolatida ishlaydi. Кichik harflarni kiritish uchun harfga mos keluvchi tugmani bosish, bosh harflarni kiritish uchun esa, [SHIFT] tugmasi bilan birgalikda harfga mos tugmalarni bosish lozim (Ikki tugmani birgalikda bosish kerak deyilganda birinchisini bosib, qo'yib yubormasdan ikkinchisini bosish tushuniladi). Кlaviatura klavishlarini shartli ravishda maydonlarga bo'lish mumkin: asosiy maydon; kursorni boshqarish klavishlari maydoni; sonlar bilan ishlovchi kichik klavishlar va fuvksioial klavishlar; Asosiy maydonda oq-rangli alifbolar klavishlari va kul rangli maxsus boshqarish klavishlari joylashgan. Oq rangli klavishlarda lotin va kirill harflari, raqam va belgilar joylashgan. Odatda kirill harflari qizil rangga sirlangan bo'lib, pastki o'ng tarafda yozilgan. Lotin harflari esa qora rangli bo'lib, klavishning tepa chap qismiga yozilgan. Raqam va belgilar klavishlar ustida ikki qatorda yozilgan. Кul rangli klavishlar SHIFT ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.65 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.65 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga