Kompyuter grafikasi dasturlari. Sinflanishi. Texnik tizimlarda qo'llanilishi Reja: 1.Кompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi. 2.Кompyuter grafikasi turlari. 3.Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. 4.Кompyuter grafikasida rang tushunchasi. Rang modellari. Кompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi Кompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960-yillarda to'laqonli grafik tizimlar mavjud bo'ldi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animatsiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko'rinishlarini o'z ichiga olsa, kompyuter animatsiyasi dinamik o'zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Кompyuter grafikasi - EHM boshqaruvida grafik obyektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o'zgartirish va tahrirlashdir. Кompyuter animatsiyasi - ekranda tasvirlarni jonlantirish, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Кompyuter grafikasi - informatikaning maxsus qismi bo'lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o'rganadi. Virtual fazoda hajmli obyektlarni yaratish usullarini o'rganuvchi soha uch o'lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Кompyuter grafikasi turlari Tuzilishiga ko'ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo'lishi mumkin. Masalan, tasvir hosil qilishda skaner uni ko'pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo'lib chiqadi va ulardan rastrli surat hosil qiladi. Piksel - bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo'lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma'lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan, 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo'yicha (800) va vertikal bo'yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvirning ekrandagi va qoq'ozda chop etilgandagi sifati (Разрешение) yuqori bo'ladi. Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo'yalish rangini ko'rsatish orqali hosil qilinadi. Masalan, oq fondagi qizil ellips bor-yo'g'i ikki formula - to'q'ri to'rtburchak va ellipsning ranglari, o'lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko'ra kamroq joy egallaydi. Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi - ularning sifatini yo'qotmagan holda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Obyektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffitsientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Rangni uzatishning fotografik aniqligi talab etilganida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta'kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari Hozirgi ko'nga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan sohani topish qiyin. Кompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo'llanish sohasiga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: poligrafiya ishlari uchun mo'ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; ikki o'lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; taqdimot ishlari uchun mo''ljallangan dasturlar; ikki o'lchamli ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
59.73 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:53
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
59.73 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:53 ]
Arxiv ichida: pptx