Kompyuter grafikasi haqida tushuncha. Adobe Photoshop dasturi yordamida tasvirlarni qayta ishlash Reja: Kompyuter grafikasi haqida tushuncha. Adobe Photoshop dasturi haqida ma'lumot. Dastur menyusi. Dasturdagi uskunlar paneli. Dasturda darchalar bilan ishlash. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ulrga ishlov berish, shuningdek, grafik obekktlar va fayllarda bo'lgan nografik obyektlar o'rtasida bog'lanish o'rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb ataladi. Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi: rastrli grafika; vektorli grafika; fraktal grafika. Ular o'rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o'tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo'ylab bir marta chopib o'tadi, uning izi esa ekranda keyinga buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Vektorli grafikaning asosiy elementi - chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tavirlarni yaratishga mo'ljallangan. Rastrli qurilmalarda tasvir ularni tashkli etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar deb ataladi. Rastr - bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo'ljallangan ko'pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo'ljallangan. Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, yani bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika odatda o'yin dasturlarida qo'llaniladi. Adobe Photoshop dasturi haqida ma'lumot Adobe Photoshop Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, rastrli grafikada tahrir qiluvchi, foydalanishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur bo'lgan dasturdir. Adobe Photoshop dasturi yordamida fotosuratlarga qo'shimchalar kiritish, ulardagi dog'larni o'chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotoso'rtaga olib o'tish, surtdagi ranglarni o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so'ng ekranda dastur oynasi hosil bo'ladi. Oynaning yuqori qismida sarlavha satri va Vindovsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so'ng menyu satri joylashgan. Dastur menyusi Dastur menyusi 9 bo'limdan iborat: Fayl, Pravka, Izobrajenie, Sloy, Videlit, Filtri, Vid, Okno, Pomosh. Fayl menyusi tarkibi Pravka menyusi tarkibi Izobrajenie menyusi tarkibi Sloy menyusi tarkibidagi qo'shimcha buyruqlar Videlit menyusi tarkibi Filtri menyusi tarkibidagi qo'shimcha buyruqlardan tasvirni qo'shimcha effektlar bilan boyitishda foydalanish mumkin. Vid menyusi tarkibi Okno menyusi tarkibi Uskunalar paneli Adobe Photoshop programmasi darchasida turli asboblar tugmachalar joylashgan. Xar bir tugmacha Adobe Photoshop programmasining biror komandasini anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bulmasa menyu satrining Okno punktida Vkl panel komandasini tanlang. Adobe Photoshop programmasida jami 46 ta asboblar mavjud bo'lib, ulardan 20tasi bevosita programma ishga tushirilganda darchada kuzga tashlanib ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:38:57
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.13 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:38 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.13 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:53 ]
Arxiv ichida: doc