Kompyuter grafikasi va animatsiyasiga kirish

Kompyuter grafikasi va animatsiyasiga kirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter grafikasi va animatsiyasiga kirish - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter grafikasi va animatsiyasiga kirish Reja: 1. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi. 2. Kompyuter grafikasi turlari. 3. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. 4. Kompyuter grafikasida rang tushunchasi. Rang modellari. 1. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi. Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to'laqonli grafik tizimlar mavjud bo'lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi. Kopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko'rinishlari o'z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik o'zgaruvchi tasvirlar Bilan ishlaydi. Kompyuter grafikasi - EHM boshqaruvida grafik obyektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o'zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter animatsiyasi - ekranda tasvirlarni jonlantirish, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Kompyuter grafikasi - informatikaning maxsus qismi bo'lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o'rganadi. Virtual fazoda xajmli obyektlarni yaratish usullarini o'rganuvchi soha uch o'lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. 2. Kompyuter grafikasi turlari. Tuzilishiga ko'ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo'lishi mumkin. Masalan tasvir hosil qilishda skaner uni ko'pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo'lib chiqadi va ulardan rastrli surat hosil qiladi. Piksel - bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo'lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning malum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo'yicha (800) va vertikal bo'yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa tasvirning ekrandagi va qog'ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo'ladi. Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo'yalish rangini ko'rsatish orqali hosil qilinadi. Maslan oq fondagi qizil ellips bor yo'g'i ikki formula - to'g'ri to'rtburchak va ellipsning ranglari, o'lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko'ra kamroq joy egallaydi. Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi - ularning sifatini yo'qotmagan holda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. obyektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffitsiyentlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Rangni uzatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni takidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi. 3. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. hozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan sohani topish qiyin. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini kullanish sohasiga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: poligrafiya ishlari uchun mo'ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; ikki o'lchamli rang tasvir kompyuter ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.74 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.74 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga