Kompyuter grafikasi va dizayn faniga kirish

Kompyuter grafikasi va dizayn faniga kirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter grafikasi va dizayn faniga kirish - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter grafikasi va dizayn faniga kirish Reja: Kirish. Kompyuter grafikasi asoslari. Kompyuter grafikasini qo'llanishi va asosiy yo'nalishlari, turlari. Tasvirlarni saqlash uchun mo'ljallangan fayllar formati. Kompyuter grafikasi asoslari Kompyuter monitoridagi tasvir (rasm) bilan bog'liq bolgan axborotni qayta ishlashda uchta asosiy yo'nalishni ajratishadi: tasvirni tanlash (aniqlash), tasvirni qayta ishlash va kompyuter (mashina) grafikasi. Tasvirni tanlashning asosiy vazifasi bu mavjud bo'lgan tasvirni (obrazni) formal, tushunarli (aniq) bo'lgan belgilar tiliga o'tkazish. Bu holda qaralayotgan tasvir abstrakt tassavurga aynaltiriladi, ya'ni sonlarga, maxsus belgilar yoki graflar to'plamiga o'tkaziladi. Buni quyidagicha yozish mumkin: COMPUTER VISION: · Input - tasvir (rasm); · Output - belgilar (matn) va ularning tahlili (analizi). Tasvirni qayta ishlashda kiruvchi va chiquvchi ma'lumotlar - tasvirlar. Masalan: tasvirdagi ayrim elementlarni olib tashlash (ovoz, rang, ) yoki qoshish, uning hajmini ozgartirish va hakazo. Ya'ni uni quyidagicha yozish mumkin: IMAGE PROCESSING · input - tasvir; · output - tasvir (ozgartirilgan). Kompyuter (mashina) grafikasi dastlabki, ya'ni kiruvchi axborotni (noma'lum tabiatga ega) tasvir ko'rinishiga olib keladi. Masalan: ekspert ma'lumotlarni grafik, diagramma yoki boshqa shakllarga vizuallashtirish. Bundan tashqari shakllarni almashtirish, harakatlantirish, virtual tasavvurga yaqinlashtirish. Kompyuter grafikasini kuyidagicha tasvirlash mumkin: COMPUTER GRAPHICS: · input - belgilar, · output - tasvir. Ularning o'rtasida keskin chegara yo'q va umumiy sxemada quyidagicha tasvirlash mumkin: Tasvirni (dastlab matn, formula so'ng oddiy rasm) shaxsiy kompyuter ekranida chiqarish kompyuter grafikasining rivojlanishida birinchi qadam bo'ldi. qisqa vaqt (50-yillardan boshlab) ichida kompyuter grafikasi tezkor rivojlandi va ozining e'tiborini ikki asosiy yo'nalishga qaratdi: tasvirga etarlicha taassavur (reallik) va harakat (dinamika) berish, va ularni birlashtirish. Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda tasvirni kompyuterda hosil qilish kuydagi bosqichlardan iborat: Tasvirni ifodalash (poligonal setka, splayn funksiyalar). Geometrik proyeksiyalash (3D - 2D). Rastr algoritmlari. Kurinmas chiziq va sirtilarni olib tashlash. Buyash tekislikda va fazoda (Rendering). Dinamika (Geometrik alsmashtirishlar). Grafik dizayn asosiy tushunchalari. SHaxsiy kompyuterlardan foydalanishda eng ko'p tarqalgan yo'nalishlardan biri-bu kompyuter grafikasidan foydalanishdir. Bu yo'nalishda faqatgina professional dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. Buning uchun maxsus kompyuter grafikasi programmalari bolishi zarurdir. Ma'lumki, har qanday korxona yoki firma oz faoliyatida gazeta yoki jurnalda reklama e'lonlar berishi, buklet chiqarish zaruriyati paydo bo'ladi. Yirik firma va kompaniyalar bunday ishlarni prfessionallar qo'liga topshiradilar. Chegaralangan iqtisodiy byudjetga ega bo'lgan kichik korxonalar esa bu ishni asosan o'z imkoniyatlariga ko'ra bajaradilar. Zamonaviy multimedia programmalari kompyuter grafikasisiz ishlay olmaydilar. Ommaviy holda qo'llaniladigan programmalar ishlab chiqarishning 90% vaqti shu programmalarni bezash uchun sarflanadi. Kompyuter grafikasi programmalari 3 turga bo'linadi: Rastrli grafika Vektorli grafika Fraktal grafika Bu programmalar bir-birlaridan tasvirlarni aks ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga