Kompyuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar

Kompyuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Kompyuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar - rasmi

Material tavsifi

Kompyuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar Reja: Kompyuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar. Amaliy grafik dasturlar: vektor, rastr va animatsiya grafik vositalari - Photoshop, CorelDraw, Masromedia Flash dasturlari. Instrumental grafik vositalar: OpenGL, DirectX - grafik bibliotekalari. Kompyuter grafikasi va dizaynda dasturiy vositalar Kompyuter grafikasi- bu hisoblash tizimlarining dasturiy va apparat vositalari yordamida tasvirlarni hosil qilish va qayta ishlash vositalarini hamda uslublarini o'rganuvchi, informatikaning sohasidir. Kompyuter grafikasi tasvirlarni monitor ekranida yoki nusxa sifatida tashqi tashuvchilar (magnit tashuvchilar, qog'oz, kinoplyonka) da namoyish etishning turli ko'rinishlarini va shakllarini qamrab oladi. Axborotlarni vizuallashtirish insoniyat faoliyatining turli sohalarida qo'llanilmoqda, masalan, kompyuter tomografiyasi, somolyotlar va kemalar korpuslarini modellash, moddalar tuzilishining o'rganish, magnit maydonlrini o'rganish, geologik plastlar, binolarni konstruktsiya qilish, qurollanish, qurilmalar va moslamalar, yer sirtini tadqiq qilish, ob havoni tadqiq qilish. Kompyuter grafikasi kompyuterlar, televizorlar va kinotexnologiyalar asosida yuzaga keladi. Ma'lumotlarni grafik ko'rinishda tasvirlash kompyuter tizimlarining, ayniqsa shaxsiy (personal) tizimlarining eng oddiy texnologiyasiga aylandi. Foydalanuvchi grafik interfeysi, bugungi kunda operatsion tizimlardan boshlab boshqa murakkab dasturlarining standarti hisoblanadi. Tasvirlarni hosil qilish usullariga qarab kompyuter grafikasi rastrli, vektorli va fraktal grafika turlariga ajraladi. Tasvirlarni hosil qilishning yana bita qabul qilingan usuli bu-uch o'lchamli (3D) grafika. 3D grafika obyektlarni hajmiy (uch o'lchamli) modellarini hosil qilish usullari va vositalarini o'rganadi. Kompyuter grafikasining apparat- dasturiy vositalari matematika, fizika, ximiya, biologiya, dasturlashtirishning eng so'ngi yutuqlari asosida ishlab chiqiladi. Rastrli grafikada tasvirlar to'r shaklida joylashgan vann piksel deb, nomlanuvchi nuqtalardan hosil qilinadi. Rastrli grafikada chiziqlar emas, piksellarning rastr ko'rinishi o'zgaradi. Rastrli grafika ekran sirt birligidagi ruxsat etilgan nuqtalar (piksellar) soni bilan xarakterlanadi, ya'ni bunda tasvir ko'p sondagi rangli nuqtalarning jamlanmasidan iborat bo'lib, agar nuqtalar qancha ko'p bo'lsa vizual tasvir shuncha sifatli bo'ladi va tasvir hajmi shuncha katta bo'ladi. Rasterli namoyish etish odatda fotografik tasvirlarni namoyish etganda ko'p sonli detallar va ranglardan foydalanadi. Ruxsat etilganlik bir dyuym yuzasidagi joylashgan nuqtalar soni bilan o'lchanadi (dpi). Bundan tashqarii tasvir sifati, nuqtaning qabul qilishi mumkin bo'lgan ranglari soni bilan ham xarakterlanadi. Rastrli tasvirlar uchun, uzunlik birligidagi nuqtalar sonini ifodalaovchi ruxsat etilganlik 3 turga ega: 1-original ruxsat etilganligi; 2-ekrandagi tasvir ruxsat etilganligi; 3-chop etiluvchi tasvir ruxsat etilganligi. Original ruxsat etilganligi dyuymdagi nuqtalar soni bilan aniqlanadi (dots perinch-dpi) va tasvir sifatiga qo'yilgan talabga, fayl o'lchamiga, kiruvchi illyustratsiyani raqamlashtirish usuliga va fayl faoliyatiga bog'liq. Umumiy holda quyidagi qoida o'rinli: tasvir sifatiga qanchalik talab katta bo'lsa, originalning ruxsat etilganligi shunga yuqori bo'lishi kerak. Ekrandagi tasvir ruxsat etilganligi. Tasvirning ekrandagi nusxasi uchun rastrning elementar nuqtasini - piksel deb nomlash qabul qilingan. Piksel ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 198.41 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 198.41 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga